Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Aslida Benzmaning qo'liga nima bo'lgan?

2019 yilning 13 yanvar kuni «Betis»ga qarshi bahsda Benzema erga noqulay yiqilib, jimjilog'ini sindirib olgandi.

.
- Yuklab olish

2019 yilning 13 yanvar kuni «Betis»ga qarshi bahsda Benzema erga noqulay yiqilib, jimjilog'ini sindirib olgandi. Shifokorlar operatsiya qilish kerakligini aytishlariga qaramay, Karim buni xohlamadi - aks holda, ikki haftadan ko'proq muddatni maydon tashqarisida o'tkazishiga to'g'ri kelardi. «Real» shifokorlari bilan maslahatlashgach, Benzema 4 kun dam oldi, bir o'yinda maydonga tushmadi, keyin esa bamaylixotir mashg'ulotlarga qo'shildi.

O'sha jarohat haqida hujumchi shunday degandi: «Hayotimdagi eng yoqimsiz holatlardan biri. Avvaliga kimdir qo'limga tosh bilan urgandek tuyuldi. Keyin esa uni kesib olishgandek his paydo bo'ldi. Barmog'imni klub shifokoriga ko'rsatganimda, u xavotirga o'rin yo'qligini aytdi. Menda esa bunga shubha bor edi».

Benzemaning ushbu jarohati bilan bog'liq ma'lumotlar:

*** Singan joyda katta shish bor. Shu bois, Benzema operatsiya stoliga yotishdan qo'rqdi - tibbiyot xodimlari bunday holatda natijani oldindan aytish qiyinligini ta'kidlashgan (ya'ni, tiklanishi uchun bir oyga yaqin vaqt talab etilardi).

*** «Real» shifokorlari unga o'ng qo'lini keskin harakatlantirmaslikni tavsiya qilishdi. Mashg'ulotlar payti qo'liga maxsus taxtakach qo'yilishi kerak (ko'pincha futbolchi bu tartibga amal qilmasdi). Odatiy hayotda esa - taxtakach shart emas, ammo barmog'iga befarq bo'lmasligi lozim. Oradan ikki yil o'tibdiki, Benzemaning o'ng jimjilog'idagi shish saqlanib turibdi. Buni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fotosuratlarida ham sezish qiyin emas.

*** Benzema o'sha barmog'ini yana bir marta sindirib olgan, biroq bu safar ham avvalgi sabab tufayli operatsiyani rad etgan.

*** Ispaniyada Karim qayta jarohat sabab barmoqlarini erkin qimirlata olmayotgani haqida gap-so'zlar urchigandi. Ammo bu haqiqatga zid - jimjiloq harakatlanyapti. Shunchaki, yumshoq to'qimalar oxirigacha tiklanib ulgurmagan.

Zidanga ham bu jarohat bo'yi­cha savol berilganda, murabbiy xotirjam javob qaytardi: «Yaxshisi, tafsilotlarni Karimning o'zidan so'raganingiz ma'qul. U ahvoli yaxshiligini aytmoqda. Barmog'ining shikastlangani ajoyib o'yin ko'rsatishiga xalal bermayotganini o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Benzema yosh bola emas. Nima qilsa yaxshi bo'lishini o'zi yaxshi biladi. Shifokorlarimiz ko'rsatma berishgan va Karim unga amal qilmoqda».

Umuman olganda, Benzema «Real»da qo'lida bog'ich bilan maydonga tushadigan yagona futbolchi emas. Ayollar jamoasidagi Kosovare Aslani ham 2019 yilning avgustida chap qo'l barmog'ini sindirib olgandi. Shundan buyon u har bir o'yinni bog'ich bilan o'tkazmoqda.

BestMaster
11 May 2021, 14:00
aslida, benzmaning, qoliga, nima, bolgan?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
auf
 auf  
hmm.. modni
11 May 2021, 15:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads