Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Hisoblanmagan gol, penalti va avtogol. Dramatik kechgan muhim o'yinda «Real» mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Sevilya»ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Sevilya»ni qabul qildi.

«Alfredo de Stefano» o'yingohida kechgan bahs jangovar, 2:2 hisobidagi durang bilan nihoyalandi. Uchrashuvning avvalida Benzema kiritgan gol ofsayd sabab hisobga olinmadi. Shundan biroz o'tib, Fernando Rakitichning uzatmasini golga aylantirdi, 0:1.

So'ngra, Modrich uzatmasidan oqilona foydalangan Asensio o'z goli bilan hisobni tenglashtirdi. Mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalangan Rakitich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Tablodagi 2:1 uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarga qadar o'zgarmadi. Ammo, 90+4 daqiqada Azar jamoasi joniga oro kirdi va uning xatti-harakatlar evaziga Diego Karlos avtogol muallifi bo'lib, «Real»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Real Madrid» – «Sevilya» 2:2 (0:1, 2:1). «Estadio Alfredo Di Stefano»

Gollar: 0:1 – 22 Fernando, 1:1 – 67 Asensio, 1:2 – 78, penalti Rakitich, 2:2 – 90, avtogol Diego Karlos.

«Real Madrid» – Kurtua, Odriosola, Marselo (Migel Guterres, 66), Militao, Nacho, Kroos, Kazemiro, Valverde, Modrich (Asensio, 66), Vinisius Junior (Azar, 79), Benzema.

«Sevilya» – Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Akunya, Gomes (En-Nesiri, 56), Jordan (Gudel, 84), Okampos (de Yong, 88), Fernando, Suso (Oskar Rodriges, 83), Rakitich (Oliver Torres, 88).

Ogohlantirishlar:
Kazemiro (21), Suso (56), Gudel (85).

BestMaster
10 May 2021, 02:30
liga, hisoblanmagan, penalti, avtogol, dramatik, kechgan, muhim, oyinda, «real», maglubiyatdan, qutulib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads