Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»da Ramos erasi tugadimi?

Oxirgi payt "Real Madrid" sardori Serxio Ramos ko'p jarohat olayotganiga e'tibor qaratgandirsiz.

.
- Yuklab olish

Oxirgi payt "Real Madrid" sardori Serxio Ramos ko'p jarohat olayotganiga e'tibor qaratgandirsiz. Ha, futbolda bo'lib turadi. Ammo Ramos La Liganing eng jismonan baquvvat va barqaror futbolchilaridan biri edi. Nima o'zgardi? Menimcha, bu ketishga ishora. Faqat bu emas. Yana ancha narsa bor.

Peresning intervyusi. Superliga mashmashasi paytda "Real" prezidenti intervyu bergandi. Serxioni juda yaxshi ko'rishi, biroq hozirgi sharoitda hamma narsa bo'lishi mumkinligini aytgan.

Alabaning kelishi. Hozir Madridda 4 ta markaziy himoyachi bor. Ramos, Varan, Militao, Nacho. Ikkitasi asosiyda o'ynashini inobatga olsak, bir top klub uchun etarli. Unda Alaba nega kelmoqda? Chunki "Real"ni kimdir tark etishi kerak.

Moddiy qiyinchiliklar. Serxio Ramos oyligi pasayishiga qarshi. U chekinadiganlardan emas. Klub uchun ko'p ish qilgan va shunga yarashasini talab qilyapti. Pandemiya esa Peresning rejalariga va cho'ntagiga ta'sir qildi. Pul aralashganda Florentino afsona-pafsonaga qarab o'tirmaydi. Kasilyas, Raul, Ronaldu bo'lmaysanmi, farqi yo'q.

Bugun Ramos instagramda yoppasiga "PSJ" futbolchilariga obuna bo'lganmish. Yana "PSJ". Qaysidir yulduz injiqlik qilsa "PSJ"ga o'tadi deyiladi.

Bilgan, kuzatgan sabablarimni sanab o'tdim. O'zimning fikrimcha, Serxioni ketkazish adolatdan emas. U bilan "Madrid" tarixidagi eng muvaffaqiyatli era bog'liq. Bu era ikki buyuk davrni bog'lab turadi. U bilan hamma hisoblashgan, har qaysi yulduz futbolchi, murabbiy va hatto prezident. Qaridimi? Yo'q. U hamon yuqori darajasini namoyish eta oladi. Jarohatlar injiqlikdir. Klub u tomonga yursa, u klub uchun jonini berishga tayyor. Yaxshi himoyachi topilar, Ramos kabi lider tarbiyalash uchun yillar kerak. Florentino, hali ham kech emas.

Davron Fayziev.

BestMaster
10 May 2021, 01:00
«real»da, ramos, erasi, tugadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads