Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" - Xulenning "qo'rqinchli tushi"

SHubhasiz, top-birinchiliklar orasida chempionlik kurashi eng qizg'in kechayotgani La Ligadir.

.
- Yuklab olish

"Atletiko" musobaqaning 35-turida "Barselona" bilan durangga rozi bo'lgach, bu poygada "Real"ning imkoniyatlari yana oshdi. "Qirollik klubi" endi raqiblarining o'yinini kuzatish majburiyatidan qutuldi. Zidan va uning yigitlari oldindagi 4 o'yinni o'z foydasiga hal qilsa, 35-chempionlik naqd!

So'zda hammasini oson, lekin buning uchun "qaymoqranglilar"dan 4 ta qadam talab qilinadi. To'siqlarning birinchisi — "Sevilya". 

Real Madrid

LaLiga . 35-tur

10/05/2021, 00:00

- : - Boshlanmadi

Sevilla

Stadion: Alfredo Di Stefano

Bosh hakam: Juan Martinez

Match-senterda ochish

Andalusiyaliklarni bugun yarim tunda bo'ladigan o'yinga Xulen Lopetegi boshlab tushadi. Ushbu mutaxassisni yaxshi taniysiz, "Real"ga begona emas. 

Yodingizda bo'lsa, Ispaniya milliy jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga aynan shu murabbiy olib chiqqan va Rossiyadagi mundial startiga 1 hafta qolganida istefoga chiqarilgan edi. Natijada "qizil furiya" boshqaruviga tajribasiz Fernando Yerro kelgan, ispanlar turnirdagi ishtirokini erta yakunlagan edi. Lopetegening Madriddagi taqdiri esa nisbatan ayanchliroq bo'ldi. "Qirollik klubi"ni 14 o'yinda maydonga boshlab tushgan Xulen 6 tadan mag'lubiyat va g'alaba, 2 durang qayd etdi. Ushbu davr ichida butun faoliyatidagi eng alamli zarbani qabul qilib olishga ham ulgurdi ("Barselona" — 1:5).

ECHLni qatorasiga 3 marta yutgan tarixdagi yagona jamoa uchun bu sharmandalikning kulminaciyasi edi. SHu tufayli Lopetegi 30 oktyabr kuni Madriddan haydaldi. Vaholanki, u 4 oy oldin Rossiyadagi mundialni yutib, ispan futboli tarixiga kirishi mumkin edi. Ammo "Real" taklifiga "labbay", deb javob qaytargan mutaxassis ehtimoliy qahramonlikni real sharmandalikka almashdi. O'shanda barchamiz ispaniyalik mutaxassisning ruhiy holatida muammolar paydo bo'lgani va ularni engish uchun psixolog huzuriga serqatnov bo'lib qolgani haqidagi xabarlarni o'qigandik.

1 yildan keyin "Sevilya"da ish boshlagan Xulen 3 yillik tanaffusdan keyin jamoani kuchli to'rtlikka qaytardi. Joriy mavsum ham klubning ishlari yomon emas — hozircha chempionlik uchun imkoniyatni saqlab turibdi. Bu ko'rsatyaptiki, Lopetegi aslida yomon murabbiy emas. SHunchaki, Madridga borish uchun yanglish vaqtni tanlagan (Zidandan keyin keladigan har kimni shunday taqdir kutishi tabiiy edi).

Xulenda "Real"dagi faoliyati bilan bog'liq qo'rqinchli xotiralar qolgan shekilli, mazkur jamoaga qarshi o'yinlarda hamon "tizzasi qaltirayapti". "Sevilya" bilan "Atletiko", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Inter", hatto Evropa Ligasini ham .ndi. Ammo, "qirollik klubi"ga qarshi 3 o'yin o'tkazgan mutaxassis ularning barchasini raqibga "berib qo'ydi".

"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan uchun esa "Sevilya" eng oson raqiblardan biri hisoblanadi. Uning shogirdlari Andalusiya jamoasiga qarshi o'tgan 11 o'yinning 8 tasida g'alabani ilib ketgan, 1 ta durang. Zidan "Sevilya"ga so'nggi bor roppa-rosa 3 yil oldin (2018 yilning 9 mayida) mag'lub bo'lgan edi.

Qadrli muxlis, Lopetegi bugun o'zi uchun noxush sanalgan ananaga barham berishiga ishonasizmi?

BestMaster
9 May 2021, 19:15
xulenning, qorqinchli, tushi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads