Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real», «Barselona» va «Yuventus» qo'shma bayonot berishdi

«Barselona», «Real» va «Yuventus» klublari Evropa superligasi loyihasi atrofida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qo'shma bayonot berishdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona», «Real» va «Yuventus» klublari Evropa superligasi loyihasi atrofida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qo'shma bayonot berishdi.

«Superliga ta'sischi-klublariga nisbatan tahdidlar, bosimlar va haqoratlar bo'ldi hamda bu holat hamon davom etmoqda. Bu orqali bizni Superligadan voz kechishga majbur qilishmoqchi. Shunday yo'l bilan klublarga futbol tizimini muzokara yo'li bilan hal qilishga yo'l qo'yishmayapti.

12ta klub Evropa superligasini quyidagi maqsadlarda tashkil qilishdi:

a) Hozirgi beqaror vaziyatda futbol sanoatiga nisbatan echim taqdim etish. 12ta ta'sischi-klublar Evropaning boshqa jamoalari kabi birdek xavf ostida qolishdi. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni inobatga olganda, mazkur sport turi yashab qolishi uchun ayni paytda islohotlar juda ham zarur. Shu bois, 18 aprel kuni klublar Superligani tashkil qilish hamda UEFA va FIFA bilan muloqotga kirishish istagini bildirishdi.

b) Hozirgi futbol tizimiga ulkan hurmat bilan yondashamiz. Ta'sischi-klublar shunga kelishishgan ediki, musobaqa UEFA va/yoki FIFA tomonidan tan olinsagina Superliga o'tkazilar edi. Shuningdek, musobaqa milliy chempionatlar bilan parallel ravishda o'tkazilishi ko'zda tutilgan edi. Ammo, yuqoridagilarni ma'lum qilganimizga qaramay, UEFA va FIFA muloqotga kirishishdan bosh tortib kelmoqda.

c) Yuzaga kelgan chuqur iqtisodiy inqiroz tufayli ko'pgina klublarning yo'qolib ketishini oldini olish uchun Evropaning butun futbol oilasida moliyaviy barqarorlik olib kirish. Evropa klublariga to'lanishi rejalashtirilgan har yillik to'lovlar hozirda UEFA to'layotgan puldan bir necha marta ko'pligi fikrimizga dalil bo'la oladi. Biz aniq, shaffof va samarali nazorat tizimini yaratish orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash qoidasini o'z zimmamizga oldik.

12ta ta'sischi-klub Superliga orqali jahondagi muxlislarga eng yuqori darajadagi shou tashkil qilib berish va futbolga bo'lgan qiziqishni oshirish mumkinligini tan olishdi. Bundan tashqari, musobaqaning eng asosiy maqsadlaridan biri ayollar futbolini jahon darajasiga olib chiqish edi. Bu futbolning ulkan, ammo hozirda oxirigacha baholanmagan imkoniyatlaridan biri.

Superligani tashkil qilish tashabbusini barcha turlicha qabul qilganini biz tushunib turibmiz. Bunday munosabatning sabablarini tahlil qilish haqida o'ylaymiz. Biz taklifni imkon qadar qayta ko'rib chiqishga tayyormiz. Ammo biz Superliga g'oyasidan voz kechsak, bu mas'uliyatsizlik bo'lardi.

Afsus bilan shuni ta'kidlaymizki, Superliga loyihasini tashkil qilishdagi do'st-hamkorlarimiz kecha UEFA oldida bir qator majburiyatlarga imzo chekib, zaddiyatga tushib qolishdi. Ular izjil harakat qilishmayapti. Ammo yuzaga kelgan muammolar esa yo'qolib qolgani yo'q. UEFA tomonidan bizga bo'layotgan tahdidlarga qaramay, biz muxlislar va manfaatdor tomonlar oldidagi majburiyatlarimizni bajarish maqsadida, futbolning rivoji va uning moliyaviy barqarorligi yo'lida adekvat qarorlar qabul qilinishi uchun mas'uliyat va dadil harakat qilishimiz kerakligini yana bir marta ta'kidlaymiz.

FIFA, UEFA va barcha manfaatdor tomonlarga yana bir marta shuni ta'kidlaymizki, barcha futbol oilasining barqarorligini ta'minlash maqsadida kerakli echimni qabul qilish uchun hurmat bilan va bosimlarsiz, qonunlarga mos ravishda munozaralarga kirishishga bo'lgan maqsadimiz jiddiy», – deyiladi klublar tarqatgan bayonotda.

BestMaster
9 May 2021, 11:00
«real», «barselona», «yuventus», qoshma, bayonot, berishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
auf
 auf  
kerimas superliga
9 May 2021, 16:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads