Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Kamp Nou"da durang kuzatildi yoxud endi hammaning diqqati "Real" o'yiniga qaratiladi

Ispaniya chempionati 35-turidan o'rin olgan Kataloniya hamda Madrid klublari o'rtasidagi muhim bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

.
- Yuklab olish

Barselona – Atletiko 0:0 

«Kamp Nou»

Barselona – ter SHtegen, Alba, Mingesa (Arauxo, 46), Langle, Dest (Dembele, 76), Buskets (Moriba, 32), de Yong, Pedri (Serxi Roberto, 76), Pike, Grizmann, Messi.

Atletiko – Oblak, Ermoso, Savich, Tripper, Felipe, Lorente, Karrasko, Lemar (Saul, 13, Feliks, 67), Koke, Korrea (Kondogbia, 73), Suares.

Ogohlantirishlar: Saul (35), Felipe (46), Moriba (59), Koke (65), Pike (82), Alba (83).

O'yin yakunlandi!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!  

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

90. Zarbaaaa!  Messining jarimadan bergan zarbasi ozgina noaniq ketdi. 

89. Messi Kondogbiani yiqitdi, Messi uchun qulay poziciyadan jarima.

88. Zarbalar bo'yicha statistika: 7-6.

86. Karraskodan Suaresga pas, urugvaylik forvard zarba yo'llashning uddasidan chiqmadi, qulay vaziyat edi. 

85. Zarba!  Albaning havodan uzatmasi, Dembeledan bosh bilan noaniq zarba. To'p yuqoriga qarab ketdi. 

83. Hakamga bildirgan etirozi uchun Albaga ham sariq berildi. 

82. Feliksni ushlab qolgan Pikega sariq kartochka ko'rsatildi. 

80. Messi jarimadan Dembele tomon pas berdi, ammo yaxshi o'ylangan pasni Madrid vakili payqab qoldi. 

77. Karrasko qo'pol o'yin namoyish etdi, hakam befarq qarab turmadi. 

76. "Barselona"da 2 ta almashtirish: Pedri o'rniga Serxi Roberto, Dest o'rniga Dembele o'yinga qo'yildi.  

75. "Barsa"ning uzoq davom ettirgan hujumi Moribaning noaniq pasidan keyin yakunlandi. 

73. "Atletiko"da o'zgarish: Korrea o'rniga Kondogbia tushirildi. 

72. Karrasko hujumda fol ishlatdi. "Barsa" to'pni o'yinga kiritib, hujumga o'tib ketdi. Albaning uzatmasi rikoshetdan keyin to'g'ri borib Oblakning qo'liga tushdi. 

70. GOL!  Arauxo bosh bilan gol urdi, ammo ofsayd qayd etildi. 

69. Grizmann pasda adashdi va madridliklar hujumga o'tib ketishdi, Suaresning uzatmasini sherigi tushunmadi, yaxshi vaziyat qo'ldan boy berildi. 

67. "Atletiko"da almashtirish: Saul o'rniga Feliks o'yinga qo'shildi. 

66. Uuux!  Messining jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, ammo Oblak qaytara oldi. 

65. Jarima maydoni ichiga kirib borayotgan Messi yiqitildi, Kokega sariq. 

64. Pikening bosh bilan yo'llagan zarbasini Oblak qaytardi! 

62. Zarba!  Moribaning yaqin masofadan bergan zarbasi rikoshet orqali maydondan chiqib ketdi, burchak zarbasi. 

59. Moriba Ermosoni yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

57. Tripperning pasidan so'ng ter SHtegen to'pga ega chiqdi. 

55. Kokenining to'p oshirishini ter SHtegen uzoqlashtirdi. 

54. Luis Suares xavfli vaziyat yaratishga urindi, ammo to'p qaytarildi. "Atletiko"da burchak to'pi.

52. Langle havodagi kurashda Korreaga nisbbatan qo'pol o'ynadi. 

51. Messining uzatmasiga Oblak ega chiqdi. 

49. Karrasko o'ng qanotdan oldinga bordi, pas berish uchun esa odam topolmadi, to'p maydonni tark etdi.

47. Suaresning olisdan yo'llagan zarbasi! Ozgina noaniq.

46. Felipe qo'pollik uchun ogohlantirildi. 

46. "Barselona"da o'zgarish: Mingesa o'rniga Arauxo tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+2. Darvozaga yo'llangan aniq zarbalar bo'yicha – 3:5. Madrid klubi foydasiga.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

45. Uuux! Felipening chamasi 10 metrdan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi. 

45. Lorentening qanotdan markazga amalga oshirmoqchi bo'lgan uzatmasiga Pedri to'sqinlik qildi. 

44. "Atletiko" raqib jarima maydoni tomonda reyd uyushtiryapti. Karrasko va Saul faollik ko'rsatishmoqda.

41. Uuuuux! Dahshat! Messi!  Argentinalik hujumchi o'z uslubida bir nechta raqibni aldab o'tib, zarba yo'lladi, sal noaniq. 

39. Messi-Grizmann kombinciyasi burchak zarbasiga keltirgandi, biroq franciyalik ofsaydda qolgani malum qilindi. 

37. Zarba!  Karraskoning zarbasini ter SHtegen o'z mahorati evaziga qaytardi!  "Atletiko"ning hamma hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda. 

35. Saul qoidani buzgani usun ogohlantirildi. 

34. "Atletiko"da ketma-ket 2 ta vaziyat hosil bo'ldi. Ter SHtegen dastlab, Lorentening zarbasini qaytargan bo'lsa, biroz o'tib, Suarsesning zarbasi bartaraf qilindi.

33. Tripper to'p bilan muoamala qila turib, Albaning oyog'ini bosib oldi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini tushuntirdi. 

32. "Barselona"da majburiy o'zgarish: Buskets o'rniga Moriba o'yinni davom ettiradi. 

31. Buskets yana maydonda yotibdi. U almashtirilsa kerak. 

29. O'yin davom etadi. Grizmanning zarbasi Oblakni qo'rqitmadi. 

27. Buskets va Savich to'qnashb ketishdi, Buskets boshidan lat edi, unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. 

24. Pedrining pasi Ermoso tomonidan bartaraf etildi. 

22. Kokening uzoq masofadan bergan pasini himoyachilar qaytarishdi, keyingi holatda Karrasko de Yongga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

19. Uuuux!  Mehmonlarning dahshatli hujumi! Ermosoning erlatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Suares darvozani nishonga oldi, ammo Pike o'z vaqtida darvoza yo'liga oyog'ini qo'ydi, burchak to'pi. 

16. O'ng qanotda Dest Ermoso tomonidan yiqitildi, Messi jarima to'pini ijro qiladi. 

15. Messi 3 nafar raqib qarshisida qolib, to'pni yo'qotdi, ammo sheriklari to'pni yana qaytarib olishdi. 

13. "Atletiko"da majburiy o'zgarish: jarohatlangan Lemar o'rniga Saul tushirildi. 

10. Suarsening jarimadan yo'llagan zarbasi ter SHtegenga qiyinchilik tug'dirmadi. 

9. Jarima maydoniga yaqin joyda Pike Suaresni yiqitdi, xavfli jarima zarbasi bo'lishi mumkin. 

8. Grizmann qanotda jamoadoshlarini, jumladan, Destni qo'llab-quvvatladi, biroq keyin noaniq pas ijro etdi. 

7. Kuman diskvalifikaciya sababli o'yinni tribunada tomosha qilmoqda.  

6. Maydon markazida Messiga nisbatan qo'pollik ishlatildi, Koke – aybdor. 

3. Markos Lorentening uzatmasidan keyin uning sheriklari to'pga etib kela olishmadi va xavfli vaziyat sodir bo'lmadi.

1. O'yin boshlandi! 

"Kamp Nou" tayyor!

- O'yin Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.  

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Ispaniya La Ligasi 35-turida dahshatli to'qnashuv - "Barselona" – "Atletiko" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu qarama-qarshilikni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

BestMaster
8 May 2021, 21:15
liga, kamp, nouda, durang, kuzatildi, yoxud, endi, hammaning, diqqati, real, oyiniga, qaratiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads