Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peti: «Azarning xatti-harakati — o'ziga nisbatan hurmatsizlik»

Futbol bo'yicha jahon chempioni Emmanuel Peti "Real" yarim himoyachisi Eden Azarning xatti-harakatidan ranjidi.

.
- Yuklab olish

Futbol bo'yicha jahon chempioni Emmanuel Peti "Real" yarim himoyachisi Eden Azarning xatti-harakatidan ranjidi. "Qirollik klubi" yarim finalda "Chelsi"ga yutqazib, musobaqani tark etganiga qaramay, belgiyalik futbolchi sobiq jamoadoshlari bilan quvnoq kayfiyatda suhbatlashdi.

«Bugun yuz bergan hodisalarni ko'rib, butunlay tartibsizlik haqida taassurot paydo bo'lmoqda. Azarning "Real"ga o'tishi ortiqcha daxmaza bo'ldi. U o'z muammolari manbai hisoblanadi.

Uning kulgan yuzini ko'rganimda, men o'zimni uning jamoadoshlari o'rniga qo'yib ko'rdim. Hattoki raqiblar o'rniga qo'yib ko'rdim. Agar men «Chelsi»da o'ynaganimda: "Bu yigit nimalar qilyapti?", deb o'ylagan bo'lardim. Barcha kameralar o'yinchilarga qaratilganini u ko'rmayaptimi?

Bu jamoadoshlariga, raqibga va o'z klubiga nisbatan hurmatsizlik. Eng muhimi — o'ziga nisbatan hurmatsizlik», – dedi Peti.

BestMaster
7 May 2021, 00:00
«azarning, xatti-harakati, oziga, nisbatan, hurmatsizlik»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads