Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan FIFA tasnifiga ko'ra "Yilning eng yaxshi murabbiyi"ligiga nomzodlar safiga kiritildi

Xalqaro futbol tashkiloti hisoblangan FIFA 2017-yil yakunlariga ko'ra "Yilning eng yaxshi murabbiyi"ligiga nomzod 12 nafar mutaxasis nomini e'lon qildi.

Nomzodlar qatoridan 2017-yilda 4 ta sovrin yutib olishga ulgurgan "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham o'rin olgan. Bu yil 2-marotaba tashkil etiladigan "The Best" sovrini g'oliblari FIFAga a'zo davlatlar milliy terma jamoalari ustozlari va sardorlarining ovozlariga ko'ra taqdirlanadi. Murabbiylar uchun yakuniy 3 nafar mutaxasis nomzodi sentyabr oyi o'rtalarida e'lon qilinadi. Eng yaxshi murabbiy nomi esa 23-oktyabr kuni Londonda tashkil etiladigan FIFAning katta galashou tadbirida aniqlanadi.

FIFA tomonidan nomzodi ilgari surilgan 12 nafar mutaxasislar bilan tanishing:

Zinedin Zidan ("Real Madrid"), Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Antonio Konte ("Chelsi"), Karlo Anchelotti ("Bavariya"), Luis Enrike ("Barselona"), Xosep Gvardiola ("Man Siti"), Jardim, Yoaxim Lyow (Germaniya m.t.j), Joze Mourinyo ("Man Yu"), Maurisio Pochettino ("Tottenhem"), Diego Simeone ("Atletiko M"), Tite (Braziliya m.t.j)

RealBlancos

BestMaster
18 Avgust 2017, 17:10
zidan, fifa, tasnifiga, kora, yilning, yaxshi, murabbiyiligiga, nomzodlar, safiga, kiritildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
jakk
 jakk  
zenedin zidan oladi
18 Avgust 2017, 18:35
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads