Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real”ning yozgi transfer oynasidagi rejalari malum

Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

.
- Yuklab olish

Manbaga ko'ra, “Real” yozda Isko, Marselo, Alvaro Odriosola, Luka Yovich, Mariano Diaz va Dani Sebalos bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Klub shu orqali xarajatlarni tejab qolmoqchi.

Yozdagi ilk transfer esa erkin agent sifatida jamoaga keladigan David Alaba bo'ladi. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan va rasmiy xabar elon qilinishi kutilmoqda. Ustuvor maqsadlar qatorida Kilian Mbappe va Erling Xoland bor. Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi va u bitimni uzaytirishga shoshilmayapti. Xolandning agenti Mino Rayola esa mijoziga yangi jamoa izlashda davom etmoqda.

Yarim himoyaga “Renn”dan 18 yoshli francuz Eduardo Kamavingani sotib olish rejalashtirilgan.

Pau Torres (“Vilyarreal”) va Jyul Kunde (“Sevilya”) esa jamoani tark etishi kutilayotgan Serxio Ramos va Rafael Varanning o'rniga himoyani kuchaytirish uchun olib kelinishi mumkin.

Madridliklar ustozi Zinedin Zidanning klubdagi kelajagi esa nomalumligicha qolmoqda.

Avvalroq, El Chiringuito Eden Azar transferga qo'yilgani haqida xabar bergandi.

BestMaster
6 May 2021, 21:15
“real”ning, yozgi, transfer, oynasidagi, rejalari, malum,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads