Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zinedin Zidan: "CHelsi" munosib g'alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman"

ECHL yarim final javob uchrashuvida "CHelsi" o'z maydonida "Real Madrid"ni engdi (2:0).

.
- Yuklab olish

Uchrashuvdan so'ng matbuot-anjumani bo'lib o'tdi va unda mehmonlar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi. 

"Tan olish lozim, bugun raqib g'alabaga haqli edi. Biz harakat qildik, kurashdik, ammo "CHelsi" g'alaba qozondi va finalga munosib o'yin ko'rsatdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar o'yinga to'liq tayyor edi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman: biz imkon qadar harakat qildik va final ostonasida to'xtadik! "CHelsi" ajoyib o'yin o'tkazdi va biz buni alohida etirof etishimiz zarur.

Biz o'yin davomida yaqqol vaziyatlarni deyarli yuzaga keltira olmadik. Raqibda esa bunday imkoniyatlar bo'ldi. Endi biz dam olib, La Liga haqida o'ylashimiz zarur. 

Albatta, hech bir jamoa, hech qaysi futbolchi mag'lubiyatdan mamnun bo'lmaydi. Ammo biz shundoq ham turnirda uzoq yo'lni bosib o'tdik. Yarim finalda to'xtash og'ir, lekin ertaga biz mehnatga tayyor holda mashg'ulotda jam bo'lamiz", - dedi Zinedin Zidan.

BestMaster
6 May 2021, 03:00
zinedin, zidan, chelsi, munosib, galabaga, erishdi, shundoq, ancha, uzoqqa, bordik, yigitlarim, bilan, faxrlanaman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads