Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» so'nggi daqiqalarda g'alabani o'z tomoniga og'dirdi (videosharh)

Ispaniya La Ligasining 34-turida «Real» 1 may, shanba kuni «Osasuna» bilan bahs yuritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 34-turida «Real» 1 may, shanba kuni «Osasuna» bilan bahs yuritdi.

Madridda kechgan bahsning katta qismida darvozalarga to'p kiritilmadi. Faqatgina 76-daqiqada Eder Militao hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o'tar-o'tmas Kazemiro oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Madrid klubi, shu tariqa, o'yin so'ngida chempionlik kurashidagi intrigani saqlab qoldi. Ushbu g'alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlarining ochkolari 74 taga etdi. Peshqadam «Atletiko»ning hisobida 76 ochko bor. Bitta kam o'yin o'tkazgan «Barselona» esa 71 ochkoga ega.

La liga, 34-tur
1 may, shanba
«Real Madrid» — «Osasuna» 2:0
Gollar: 1:0 – 76 Militao, 2:0 – 80 Kazemiro.
"Real Madrid": Kurtua, Odriosola, Militao, Marselo (Migel Guterres, 64), Varan (Nacho, 46), Asensio (Arribas, 83), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 64), Antonio Blanko, Azar (Isko, 72), Benzema.
"Osasuna": Errera, Vidal, Sanches, Aridane, David Garsiya, Torro (Xoni Rodriges, 84), Monkayola, Roberto Torres (Barxa, 81), Ruben Garsiya (Adrian, 81), Chimi Avila (Budimir, 64), Martines (Brashanas, 64).
Ogohlantirishlar: Martines (54), Oyer Sanxurxo (55).

BestMaster
2 May 2021, 03:30
liga, «real», songgi, daqiqalarda, galabani, tomoniga, ogdirdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads