Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Ikkita o'yin qoldi va biz oxirigacha borimizni berib kurashmoqchimiz.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 37-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Real Madrid - Sevilla

"Bu juda uzoq yo'l. Ispaniyada chempionatni yutish oson ish emas. Biz har kuni bunga yaqinlashayapmiz, ochkolar yig'ishda davom etayapmiz, bizda borishimiz kerak bo'lgan ikkita o'yin bor va biz shu chiziq bo'ylab yurishga harakat qilamiz. Bugun haqli g'alabaga erishdik. Biz o'yinni yaxshi boshladik va ikkita erta gol urdik. Keyin Navas bir qancha yaxshi "seyv"lar amalga oshirdi. Ikkinchi bo'limda markazimizdagi o'zgarish bilan biz ko'proq muvozanatga va juda yaxshi 45 daqiqaga ega bo'ldik".

"Bizning kunlik ishimiz chempionatni yutishdan iborat. Biz buni qanchadir vaqtdan beri yutmadik, lekin biz hali hech nimani yutmadik. Borish kerak bo'lgan ikkita o'yin bor. Biz shu vaqtgacha yaxshi harakat qilib keldik, lekin biz buni yakunlab qo'yishimiz kerak va buni yaxshi yakunlash eng qiyin qismi. Biz diqqatimizni yig'ib olgancha qolishimiz kerak".

Nachoni goli

"Bu bizni hayron qoldirgan holat emas, bunday hodisalar bo'lib turadi. U qoida buzilganidan keyin to'p oldida tezlik bilan keldi, bu bir necha soniyalarda bo''ladigan holat. Men uni ishidan xursandman. Bu hujumchi yoki yarim himoyachi qiladigan qandaydir harakat, shunday ekan Nacho buni qilarkan, meni u uchun xursand qiladi".

La Liga uchun kurash

"Hech qachon tugamaydi. Oxirigacha, oxirgi daqiqalargacha biz hech narsa haqida o'ylay olmaymiz. Biz har bir o'yinga va har bir harakatga diqqatimizni qaratishimiz kerak. Har kuni biz yaqinlashayapmiz, lekin bu qiyinlashib bormoqda. Hamma narsa bo'lishi mumkin, lekin biz doim ijobiy fikrlaymiz va biz oxirigacha borimizni beramiz".

Ronaldu

"Unda shunchaki nimadir bor, u boshqacha. U Kroos tomonidan juda yaxshi uzatma bo'ldi va bu yerda bo'sh joy va u to'pni darvozaga solib qo'yadi. Bugungacha qilgan ishlari o'zining gollaridan ham ko'proq. Hal qiluvchi vaziyatda u doim bor".

Xames

"Xames shu yerda va biz hali ham uzoq yo'lni bosib o'tishimiz kerak. Biz mavsumni yakunlovchi qismiga diqqatimizni qaratganmiz. Bizda 3 ta o'yin qoldi, 2 ta ligada, 1 ta Chempionlar Ligasida va biz faqat shu haqida o'ylayapmiz".

Vigodagi o'yin kuni haqida

"Biz bu haqida o'ylay olmaymiz. Bizda chorshanba kuni allaqachon o'ynalishi kerak bo'lgan o'yin bor va biz unga xuddi shu tarzda boramiz. Birinchidan, biz yaxshi tiklanishimiz kerak. Biz yaxshi jismoniy holatdamiz va diqqatimizni jamlaganmiz. Biz mutloq borimizni beramiz, har o'yinda, har bir harakatda, har bir narsamizni bergan holda".

Keylor

"U jamoani fundamental qismi bo'ldi va oxirigacha bo'ladi. 15 daqiqa qiynalganimizda unda jamoani qutqara ololmasligi uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi, lekin "Sevilya"ni gol urishiga yo'l qo'ymadi".

Muxlislar tomonidan qo'llab-quvvatlash haqida

"Bu bizni eng oxirgi uy uchrashuvimiz bo'ldi va muxlislar qoyilmaqom bo'lishdi. Bu master-klass bo'ldi va muxlislar jamoani oxirigacha qo'llab turishdi. Biz ularni qo'llab-quvvatlashidan minnatdormiz. Bizda 3 ta uydan uzoqda o'yinlarimiz qoldi va biz "bosish"da davom etamiz. Muxlislar xatto uydan uzoqda bo'lsa ham biz bilan bo'lishadi".

Jamoani xarakteri

"Butun jamoa ajoyib xarakterga ega. Qachonki qiyin vaziyatga tushib qolsak biz bundan chiqib ketamiz va o'z yo'limizda o'ynaymiz. Balki biz 4 ta gol urib "Sevilya"ga ko'plib qilgandir, lekin biz ikkinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik".

 

BestMaster
16 May 2017, 00:00
zidan, ikkita, oyin, qoldi, oxirigacha, borimizni, berib, kurashmoqchimiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
Nosirov
 Nosirov  
Nasib Bosa Biz Albatda Chempion Bolamiz Zizu.
16 May 2017, 06:56
andijonrealfc
 andijonrealfc  
Seltaga qarshi yutqazib qo'ysa zo'r bo'lardi Ispaniya chempionatiyam qiziqroq bo'lardi
16 May 2017, 13:52
 Jaahaa  
Hudo hohlasa laliga chempioni bolamiz bu mavsum
16 May 2017, 16:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads