Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" – "Osasuna" 0:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Osasuna" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

11-daqiqa. Asensio raqiblari etiborini o'ziga tortib, to'pni markazroqqa tashlab berdi, lekin Kazemironing zarbasi qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq bo'ldi. 

10-daqiqa. "Osasuna" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, lekin har ikki safar qanotdan uzatmalar jarima maydonchasi tepasidan o'tib ketaverdi. 

9-daqiqa. Benzema kutilmaganda qarshi hujumni boshlash o'rniga, raqib futbolchisi zarba berishiga zamin yaratdi, ammo CHimi Avilaning urinishidan keyin to'p to'g'ri Kurtuaning qo'liga borib tushdi. 

6-daqiqa. Kutilganidek, ilk daqiqalardan mezbonlar ustunlikni o'z tomonlariga og'dirib olishdi va Azar jarima maydoniga yorib kirib, Benzemani to'p bilan taminlamoqchi bo'lganida, himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi, ikkinchi urinishda esa Asensioning zarbasi qovushmadi. 

3-daqiqa. Eden Azar futbolni sog'ingani va yana katta sahnaga qaytishni istashi tabiiy. Hozirgi vaziyatda to'pni egallagan belgiyalik futbolchi bir necha sherigi bo'lishiga qaramay, oxirgacha o'zi bordi va zarba berdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

2-daqiqa. "Real" dastlabki urinishini o'ng qanotdan amalga oshirmoqchi edi, lekin Odriosola raqiblarini alday olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Bugun uzoq tanaffusdan keyin Eden Azarni asosiy tarkibda maydonga tushganining guvohi bo'lamiz azizlar.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid" – "Osasuna"

00.00, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Odriosola, Militao, Marselo, Varan, Asensio, Kazemiro, Vinisius Junior, Antonio Blanko, Azar, Benzema.

"Osasuna" – Errera, Vidal, Sanches, Aridane, David Garsiya, Torro, Monkayola, Roberto Torres, Ruben Garsiya, CHimi Avila, Martines.

BestMaster
2 May 2021, 00:15
live , liga, real, madrid, osasuna, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Реал
2 May 2021, 02:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads