Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Levandovski masalasida muzokarani boshlagan

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski ushbu yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

.
- Yuklab olish

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski ushbu yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga «Real» qiziqmoqda. O'yinchining agenti Pini Zahavi polshalikning transferiga qiziqayotgan bir qancha klublar bilan muloqot qilmoqda.

«Bavariya» koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchilikdan chiqish maqsadida 32 yoshli forvardni qo'yib yuborishi mumkin. Transfer summasi 60 mlnn evro bo'lishi mumkin, deya yozmoqda Sky Sport Deutschland.

Bir necha kun oldin, «Bavariya» Levandovskining transferi borasida Evropaning top-klublaridan taklif olgani haqida ma'lumot berilgandi.

Levandovski bir necha bor «Real» safiga qo'shilishga yaqin kelgan. 2014 yilda Ispaniya klubi futbolchining agentiga taklif yuborgan edi.

«Real» prezidenti Florentino Peres 2012/2013 yilgi mavsumdagi «Borussiya»ga qarshi o'yindan (4:1) keyin Levandovskiga muxlislik qila boshlagan. O'shanda polshalik pokerga erishgandi.

Joriy mavsum strayker Bundesliganing 26 o'yinida 36 gol va 6 assist qayd etgan.

BestMaster
1 May 2021, 12:30
«real», levandovski, masalasida, muzokarani, boshlagan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Статистика даҳшат
1 May 2021, 12:36
 u7777u  
Холанд ни олиш керак
2 May 2021, 02:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads