Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“CHelsi” sobiq azosi: “Azar “Real”ga ortiqcha vazn bilan kelgandi, u hech qachon professional bo'lmagan”

“Aristokratlar” sobiq yarim himoyachisi Demen Daff “Real” vingeri Eden Azar haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

“Azar 30 yoshda, unga aniqlik etishmaydi, endi u tezkor driblingchi ham emas. Barchamizga malumki, 30 yoshdan keyin futbolchilarda pasayish boshlanadi.

U hech qachon top darajadagi professional bo'lmagan, Messi va Ronalduda bo'lgan xohish unda yo'q. Agar bu Azarda bo'lganda, unda fikrimcha, uni yuqoridagi ikki futbolchi bilan bir qatorga qo'ygan bo'lardik.

Azar “Real”ning mavsumoldi yig'iniga ortiqcha vazn bilan kelgandi, garchand uning transferi uchun 160 mln evro sarflangan bo'lsa-da, unda “galaktiko” maqomi bor edi. Semiz. Buni istaganingizcha aytishingiz mumkin.

U haqida xavotirlanishingiz mumkin, chunki u 11 marta jarohatlandi va 2 yil deyarli o'ynamadi. 11 jarohatdan keyin qaytish uchun esa intilish bo'lishi kerak, haqiqiy professional bo'lish lozim.

U faoliyati davomida ortiqcha vazn bilan kurashganligini tasdiqlash mumkin. “Real” seni 160 mln.ga sotib olsa, mavsumoldi yig'inga faoliyatingdagi eng yaxshi formada etib kelishing kerak edi. U esa tatildan qaytdi va ortiqcha vazn bilan etib keldi

Futbolchilarni tanqid qilishni yomon ko'raman, ammo Azar barcha tanqidlar unga yog'ilishiga o'zi sababchi bo'ldi”, deydi Daff.

BestMaster
29 Aprel 2021, 20:15
“chelsi”, sobiq, azosi, “azar, “real”ga, ortiqcha, vazn, bilan, kelgandi, hech, qachon, professional, bolmagan”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads