Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Levandovski bir nechta top-klublarga kerak

Evropaning bir qator top-klublari "Bavariya" forvardi Robert Levandovskini o'z saflarida ko'rishni istamoqda.

.
- Yuklab olish

Evropaning bir qator top-klublari "Bavariya" forvardi Robert Levandovskini o'z saflarida ko'rishni istamoqda. Bu haqda "Sky Sport Deutschland" xabar tarqatdi.

Polshalik futbolchining klub bilan shartnomasi yana 2 yildan so'ng yakuniga etadi. Shartnomada tovon puli haqidagi band yo'q.

Jurnalist Maks Bilefeld bu borada quyidagicha xabar tarqatdi: "Bizdagi ma'lumotga ko'ra, Evropaning bir nechta top-klublari Levandovskiga ko'z tikishgan. "Bavariya" Robert borasida rasmiy takliflar olgan. Hozircha klublarning nomlarini ayta olmaymiz. Ammo ularni aniqlashga harakat qilyapmiz.

Ko'p jamoalar hujumchi qidirish borasida jiddiy ish olib bormoqda. Masalan, "Manchester Yunayted". Xarri Keyn esa faoliyatini qaerda davom ettirishi aniq emas. "Chelsi"ni Temmi Abraxamning o'yini qoniqtirmayapti. "Real"ga Mbappe kerak, ammo ular yana bir markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashmoqchi. "Barselona" ham markaziy hujumchi qidirmoqda.

Levandovskining narxi esa kamida 80 million evro turadi", - dedi jurnalist.

32 yoshli Levandovski joriy mavsumda "Bavariya" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.

BestMaster
27 Aprel 2021, 07:00
levandovski, nechta, top-klublarga, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Статистика даҳшат ку
27 Aprel 2021, 09:20
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads