Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Visente Del BOSKE: «Zidan muxlislar ishonchini to'la oqlamoqda»

O'z vaqtida futbolchi va murabbiy sifatida «Real» sharafini munosib himoya qilgan taniqli mutaxassis navbatdagi Klasiko arafasida El Larguero dasturi orqali futbol olamidagi vaziyatga baho berib o'tgandi.

.
- Yuklab olish

O'z vaqtida futbolchi va murabbiy sifatida «Real» sharafini munosib himoya qilgan taniqli mutaxassis navbatdagi Klasiko arafasida El Larguero dasturi orqali futbol olamidagi vaziyatga baho berib o'tgandi. Ulkan tajriba sohibining ehtiyotkorlikka yo'g'rilgan donishmandlarga xos mushohadasi nechog'li haq ekanligi kun sayin oydinlashmoqda. Marhamat, bo'lib o'tgan o'yinlar natijalari ispaniyalik afsona fikrlarini qay darajada tasdiqlaganligini taqqoslab ko'ring.

Klasiko haqida

- Bu o'yinda ichki chempionatimizdagi nisbatan yaqqolroq etakchi nomi ma'lum bo'ladi. Biroq oldinda bir necha tur bellashuvlari kutib turibdi. Shu bois, juda ehtiyotkor bo'lishimiz shart. Men «Sevilya»ni hisobdan chiqarishga ham shoshilmagan bo'lardim - 8 ochko unchalik katta farq emasligini hammamiz yaxshi bilamiz.

«Barselona» va «Madrid» haqida

- Shanba oqshomidagi bellashuv arafasida mening fikrimcha, yaqqol favorit yo'q - g'alaba har qaysi jamoaga nasib etishi mumkin. Uy va safar uchrashuvlari o'rtasidagi tafovutni yaxshi bilamiz. Ammo hozir stadionlar bo'm-bo'sh. G'olibni faqat taxmin qilish mumkin.

«Real» haqida

- Qaysidir o'yinga yuksak darajadagi sport formasida kelishni ta'minlay oladigan retsept hech bir murabbiyda mavjud emas. Shu sababli, doimo, ayniqsa, mavsumning ayni qizigan pallasida hushyorlikni boy bermaslik muhim ahamiyatga ega.

Ingliz futboli gegemonligi haqida

- Yaqinda biz ingliz futbolining ustunligi va ispan futbolining qadr-qimmati pastroqligi xususida bahslashgandik. Ammo tez orada «Real» «Liverpul» to'sig'idan osonlik bilan forig' bo'lganligi guvohiga aylandik. Biror-bir fikrni olg'a surishda «etti o'lchab, bir kesgan» ma'qul.

Zayniddin Zidan haqida

- U «Real» muxlislarining barcha istaklarini ro'yobga chiqarmoqda. «Qirollik klubi»dagilarning ishonchi u uchun juda muhim. Zidan ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozir ham bor malakasini safarbar etgan holda o'z vazifasini risoladagidek ado etmoqda.

Zidanning alohida xislati haqida

- Har qaysi murabbiyning o'z uslubi bor, u tobora murakkablashib bormoqda. «Madrid» chorshanba-yakshanba tizimida to'p suradi. Bu o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmasdan, yakshanbadan yakshanbagacha faqat mashq qilishdan osonroq.

Ramosning shartnomasi uzaytirilishi haqida

- Bu mening vakolatimdagi savol emas. Klub va futbolchining o'ziga yarasha manfaatlari mavjud. Ular umumiy kelishuv asosida qaror qabul qilishlari lozim.

Kilian Mbappe haqida

- U o'zgacha o'yinchi - ulkan jismoniy quvvat sohibi. Hal qiluvchi pallada o'zini namoyon etadi. Kilian - transfer bozoridagi eng sara o'yinchilardan biri.

«Madrid»dagi faoliyati haqida

- «Madrid» safida o'ynash uchun mablag'dan voz kechish? O'ylashimcha, futbolchilar pul topishni va o'zlarini yaxshi his etadigan jamoada o'ynashni istaydilar.

Messidagi charchoq haqida

- Leo o'zidagi charchoq alomati yoki yomon sport formasi belgilarini oshkor etmaydi. Balki qandaydir pasayish onlari ham bo'lar, qatorasiga ikki yakshanbada gol ura olmasa, uning davri yakunlanib qoldi, deydiganlar topilib qolar. «Barselona» o'yinida Messining ta'siri juda kuchli. Hamonki, u talab darajasida to'p surar ekan... qaysi jamoa sharafini himoya qilishidan qat'iy nazar, u ispan futboli uchun o'ta muhim o'yinchi.

Ramosning rekordlari haqida

- Uning ko'rsatkichlari ijobiy. Nazarimda, biz ham natijalarni qayd etganmiz. Shunaqangi muhim rekordlarni o'rnatadigan va uchrashuvlar sonini ko'paytirishda davom etayotgan o'yinchilar ispan futboli dovrug'ini oshiradilar, ravnaqiga hissa qo'shadilar.

BestMaster
26 Aprel 2021, 09:00
visente, boske, «zidan, muxlislar, ishonchini, tola, oqlamoqda»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads