Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Superligasiz futbol 2024 yilgacha o'ladi». Florentino Peres El Chiringuito saytiga intervyu berdi (to'liq)

Superliga prezidenti Florentino Peres El Chiringuito sayti  uchun intervyu berdi

.
- Yuklab olish

Kechadan avval kuni tunda Evropa futbolida juda katta ishlar sodir bo'lib ketdi. Ya'ni, "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres boshchiligidagi bir nechta mansabdor shaxslar tomonidan UEFA Superligasi nomi ostida yangi musobaqa tashkil qilinishi haqida xabarlar chiqdi. Bu yangilik haqiqatdan ham ko'pchilik futbolga aloqador shaxslarning shokka tushirib qo'ydi. Bu turnirga UEFA ham, FIFA ham o'z sanktsiyalarini qo'lladi. Bugun esa ushbu musobaqaning bosh tashkilotchisi Florentini Peres "El Chiringuito" sport nashriga intervyu berdi. Hozir esa biz sizga mazkur suhbatni to'lig'icha taqdim etamiz.

Men basketbolchi Lebron Jeymsning maoshini bilaman, chunki u jamoatchilikka ma'lum, ammo UEFA prezidentining maoshi qanchaligini bilmayman. Nima uchun? UEFA butun tarixi davomida yaxshi imidjga ega bo'lmagan, shaffoflik zarur. Pandemiya tufayli ish haqimni qisqartirganman, UEFA yoki La Liga prezidenti buni qilmagan deb o'ylayman.

Hatto homiylar bilan bog'liq muammolarga duch kelamiz. Adidas, hamda Emirates kompaniyalari ham qiyinchiliklarga duch kelishdi va biz ham ushbu vaziyatda ular bilan birga bo'lishimiz kerak. Pandemiyadan keyin hech narsa sodir bo'lmagan deb o'ylaydigan odamlar bor. Bu pul uchun kurash emas, bu futbol uchun kurash. Biz futbolni saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz, ba'zilar uchun esa buning ahamiyati yo'q, chunki bu ularning moliyaviy manfaatlariga mos kelmaydi.

Biz Chempionlar Ligasini Superliga bilan almashtirish orqali pandemiya tufayli daromad yo'qotishlarini kamaytirishimiz mumkin degan xulosaga keldik. Efirga chiqish huquqidan boshqa daromadingiz bo'lmaganida, siz butun dunyo muxlislariga katta klublarning bir-biriga qarshi o'yinlarini tomosha qilishlariga imkon beradigan yanada qiziqarli o'yinlar yaratish uchun echim taklif qilasiz. Real Madrid juda qiyin iqtisodiy ahvolda. "Real" ikki mavsumda 400 million evrodan ko'proq zarar ko'rdi - bu shunchaki "Real Madrid"! Qolgan jamoalarchi? Ularni ham o'ylab ko'rdingizmi?

Ushbu Superliga boy jamoalar uchun musobaqa emas, bu birdamlik va futbolni asrab qolish majburiyatidan kelib chiqqan holda tashkil etilgan musobaqadir. Biz imkon qadar tezroq boshlashni xohlaymiz, UEFA va FIFA bilan gaplashmoqchimiz, ammo ular g'azablanmasliklari kerak. Katta jamoalar yanada jozibali, ular eng ko'p pul ishlashadi. Menga tanish bo'lmagan jamoalarni tomosha qilish qiziqroq emas deb o'ylayman. Ushbu o'zgarish biz muxlislar oldida qarzdormiz. Superliga bilan hamma narsa yaxshilanadi, shu jumladan VAR va hakamlar. Superligasiz futbol 2024 yilgacha o'ladi. Ham katta, ham kichik klublar o'ladi.

Futbolchilar xalqaro uchrashuvlardan yoki turnirlardan chetlashtiriladimi?


Bunday bo'lmaydi. Men har bir o'yinchini sizning terma jamoangizda o'ynashingizga to'sqinlik qila olmasligiga ishontirmoqchiman.

UEFA prezidentining tahdidlari?

"Real" Chempionlar Ligasidan chetlashtirilmaydi. Men bunga 100% kafolat beraman, bizni hech kim Chempionlar Ligasidan chiqarib yubora olmaydi. UEFA Chempionlar Ligasi uchun 2024 yil uchun yangi format tayyorladi, ammo bu vaziyatda ushbu muddatgacha futbolimiz inqirozga uchramasa va bunga hech kim kafolat ham bera olmaydi. Biz UEFA mulki emasmiz, ular bizni boshqara olmaydi. UEFA monopoliyasi tugadi va yangi davr boshlash arafasidamiz.

UEFA prezidentining kecha aytgan gaplari aqlga sig'maydigan darajadagi so'zlar edi. U Anelliga hurmatsizlik qildi. UEFA o'zgarishi kerak. UEFA prezidentining Evropaning ulkan klubi prezidentini xafa qilishga qodirligi kulgili. Bizga futbolda bunday odamlar kerak emas. UEFA prezidenti degani, boshqalarga nisbatan hurmatsizlik qiladi degani emas-ku.

Nega "Real" - "Valensiya"ga qarshi to'liq tarkibda o'ynay olmaydi? Basketbolda jamoalari chempionatda va yana shunga o'xshash musobaqada - Evroligada o'ynashadi. Ular mazkur turnirlarda juda katta natijalarga erishishadi. Xo'sh, bizchi?
Biz PSJni,  hatto, hali biron bir nemis klubini ham superligaga taklif qilmadik. Agar PSJ va "Bavariya" qo'shilishni rad etsa, biz Superligani bekor qilmaymiz va bu bema'nilik hisoblanadi.
Superliga yopiq liga emas. Bu mutlaqo noto'g'ri. Bu har qanday yaxshi jamoa nomidan qat'iy nazar kirishi mumkin bo'lgan ochiq ligadir. Agar siz Chempionlar Ligasida g'olib chiqsangiz, UEFAdan 120 dan 130 million evrogacha pul olasiz, ammo Superligada ko'proq pul ishlashingiz mumkin. Istalgan jamoa qo'shilishi mumkin. Agar, xohlasa, "Sevilya" ham Superligaga kira oladigan klublardan biridir.

Agar Superligaga qo'shilgan jamoalar musobaqani tark etishga qaror qilsa nima bo'ladi?
Yo'q, bunday bo'lmaydi. Shanba kuni mazkur musobaqada qo'shilmoqchi bo'lgan barcha klublar kerakli hujjatlarni imzoladilar.

"Barselona" qiyin iqtisodiy vaziyatni boshdan kechirmoqda va Laporta dunyoning barcha yirik klublari singari buni darhol anglab etdi va o'z qarorni tezda qabul qildi. Superliga butun futbol olamini qutqaradi. Joan Laportani ishontirish qiyin bo'lmadi, chunki u prezident va o'z klubi, hamda muxlislari oldida javob beradi.
Superligani kelasi mavsumda boshlamoqchimiz, shuning uchun biz aynan hozir yaratilganligini e'lon qilishga qaror qilgan edik. Mendagi bor tajriba sabab, prezident etib saylandim va ushbu vazifamni to'liq ado etishga va'da berdim.

Biz FIFA yoki UEFA bilan murosa topishga harakat qilish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Agar kelisha olmasak ham, orqaga qaytmaymiz. Ko'proq vaqt talab etilsa ham ishlashda davom etamiz. Haftaning ikki kunida dunyo futbolining eng yaxshi uchrashuvlarini tomosha qilish imkoniyatini yaratib berishni xohlaymiz. Dam olish kunlari milliy ligalarning o'yinlariga ziyon etkazmasdan o'tkazishga qaror qilganmiz.

Futbolga qiziqish yo'qolmoqda, tomoshabinlar soni kundan-kunga pasaymoqda, televizion huquqlar, shuningdek pandemiya bu jarayonni tezlashtirdi. Biror narsa qilish kerak edi, chunki o'zgarishlarsiz biz halok bo'lamiz. Bu aniq.

16-24 yoshli muxlislar futbolga qiziqish bildirmaydilar.

Barcha statistik va tadqiqotlarga ko'ra, yoshlarning 40% futbolga qiziqish bildirmaydi, chunki juda past sifatli o'yinlar mavjud emasligidan emasmikan. Hozirgi kunda o'spirinlar futboldan ko'ra ko'proq video o'yinlarga qiziqishmoqda va biz ularni qaytarish uchun biron bir narsa qilishimiz kerak. Men moslashishim kerak edi. Xuddi shu narsa 50-yillarda sodir bo'lgan, UEFA va FIFA evrokuboklarga qarshi bo'lgan.

Chempionlar Ligasi chorak finalgacha hech kimni qiziqtirmaydi. Eng katta qiziqish nima? Katta klublar o'ynasin. Biz sport uchun mumkin bo'lgan hamma narsani bajarishga harakat qilamiz. Chempionlar Ligasi jozibadorligini yo'qotdi va biz futbolni qutqarish uchun Superligani yaratdik.

Ko'pgina OAV vakillari bizning asosiy maqsadimizni pul deya aytib o'tishdi, lekin bizning asosiy maqsad futbolni saqlab qolishdir. UEFA yoki FIFA qarshi chiqayotgan bo'lsa, aynan ular har doimgi daromadini yo'qotishini sezganligi uchun, bizga nisbatan sanktsiyalarini e'lon qilmoqda. Agar tepada turganlarning puli bo'lsa, bu hammaga tegadi va futbol piramidasini saqlab qolishda yordam beradi: biz boshqa klublardan futbolchilar sotib olamiz va birdamlik to'lovlarini taqdim etamiz.

Chempionlar Ligasining yangi formatini hech kim tushunmaydi va men bu islohot futbolni saqlab qolish uchun etarli emasligiga aminman. Men "Real" jamoasiga egalik qilmayman, ammo klubni 2000 yilda juda qiyin iqtisodiy vaziyatdan qutqarish uchun unga qo'shilganman. Endi biz futbolni saqlab qolmoqchimiz, chunki vaziyat yomon. Biz rivojlanishimiz kerak.


El Chiringuito*dan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

BestMaster
20 Aprel 2021, 17:00
«superligasiz, futbol, 2024, yilgacha, oladi», florentino, peres, chiringuito, saytiga, intervyu, berdi, toliq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads