Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peres katta intervyu berdi

Yangi tashkil etilgan Evropa superligasi asoschilaridan biri Florentino Peres El Chiriguito kanaliga intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

Yangi tashkil etilgan Evropa superligasi asoschilaridan biri Florentino Peres El Chiriguito kanaliga intervyu berdi. Men uning gaplaridan asosiylarini tanlab, sizga qisqa variantini keltirib o'taman.

— Futbol og'ir ahvolda. Superliga esa klublarni moliyaviy inqirozdan qutqarib qoladi. Chempionlar ligasiga nisbatan raqobatli bo'ladigan Superliga yo'qotishlar kamayishiga sabab bo'ladi. Translyatsiyadan boshqa daromad qolmayapti, bu degani o'yinlar jozibasini oshirish kerak va katta klublarni o'zaro o'ynatish kerak.

— O'z klubim misolida aytaman, Real bu mavsum 400 mln evro yo'qotdi. Bu boshlanishi, lekin hech narsa qilinmayotgandi, vaziyat esa og'ir. Raqobatli o'yinlardan tushadigan foydadangina klublarni qutqarish mumkin. Buning chorasi faqat Superliga. Futbolga qiziqish yoshlar orasida 40% ga tushib ketti. 16-24 yoshlilarni futbol qiziqtirmay qolmoqda. Saviyasiz o'yinlar sabab. Va biz chora qidirdik.

— Bu faqat katta klublar uchun emas, barcha uchun foydali bo'ladi. Pulimiz ko'p bo'lsa kichikroq klublarga transferlar uchun to'lay olamiz va yordam beramiz. Superliga yopiq turnir emas, bu yolg'on, ochiq bo'ladi va istagan jamoa unga chiqa oladi.

— Manchester Siti, Chelsi va Realni ChLdan, MYu va Arsenalni esa EL yarim finallardan chetlata olishmaydi. Bu aniq. Futbolchilar xalqaro turnirlar va terma jamoalardan chetlatilmaydi, bunday qila olishmaydi.

— Biz UEFA bilan munozaraga kirishga xarakat qilamiz. Lekin bunga erisha olmasak ham ortga chekinmasligimiz aniq. Shu yil Superliga start olishi uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz. Hakamlar va VAR ham bo'ladi, yanada sifatli hakamlik bo'ladi.

— Agar Bavariya va PSJ rozilik berishmasa, Superliga ularsiz o'tadi.

Real Madrid haqidagi savollarga javoblar:

— Krishtiano Ronaldu Realga qaytmaydi, bunda ma'no yo'q.

— Serxio Ramosni juda yaxshi ko'raman. Ammo hozir moliyaviy ahvol yomon. U ketadi demoqchimasman, biroq hamma narsa bo'lishi mumkin.

— Mbappe haqida ko'p so'rashadi. Men u bilan gaplashmaganman. PSJ bilan qanday kelishuvi bor bilmayman. Biladiganim shuki, u zo'r o'yinchi. Vinisiusni Mbappega almashish haqidagi gap yolg'on, Vinisius bizda qoladi.

— Xolandning otasi mashg'ulot bazamizga kelib ketgan. Shunchaki ko'rib yuqori baho berib ketti. Boshqa gap yo'q. Xoland va Mbappe ikki iste'dod.

— Zidan top murabbiy va uning biz bilan shartnomasi bor. Uyog'ini esa vaqt ko'rsatadi.

Davron Fayziev

BestMaster
20 Aprel 2021, 09:00
florentino, peres, katta, intervyu, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads