Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peres: «Futbolni qutqarib qolmasak, 2024 yilga kelib murdaga aylanamiz»

«Real» prezidenti va Evropa superligasi raisi Florentino Peres yangi loyiha borasida o'z fikrlarini bayon qildi.

.
- Yuklab olish

«Real» prezidenti va Evropa superligasi raisi Florentino Peres yangi loyiha borasida o'z fikrlarini bayon qildi.

«Senda faqatgina musobaqa orqali daromad olish imkoniyati qolar ekan, katta uchrashuvlar sonini oshirish istagi paydo bo'ladi. Superliga esa bizga pandemiya tfayli ko'rilgan zararlarni kamaytirish imkonini beradi. Ko'proq katta o'yinlarda ishtirok etib, ko'proq pul ishlab olish imkoniyatiga ega bo'lishimiz mumkin.

Bu erda hech qanday fitna bo'lmadi. Italiya, Angliya va Ispaniyaning top-klublari bunday murakkab vaziyatda qandaydir chora ko'rishi kerak edi. Faqatgina «Real»ning o'zi joriy mavsumda 400 million evro zarar ko'rdi.

Futbol ham hayotimiz kabi rivojlanishi kerak. U hozirgi hayot rejimiga moslashishi kerak. Axir futbolga bo'lgan qiziqish pasaya boshladi. Futbolni tomosha qilayotganlar auditoriyasi pasayib bormoqda va shunga mos ravishda teletranslyatsiyalar narxi ham tushmoqda.

Futbol – yagona umumjahon sport turi. Televidenie o'zgarishi kerak. 16-24 yoshdagilar nima uchun futbolga qiziqmayotganini tahlil qilib ko'rish kerak. Faqat ba'zi o'yinlar insonlarda qiziqish uyg'otmoqda. Nimanidir o'zgartirish kerak.

Shunday holat o'tgan asrning 50-yillarida ham ro'y bergan. UEFA va FIFA Santyago Bernabeu va Evropa chempionlar kubogiga qarshi bo'lishgan. O'shanda bu musobaqalar odamlarni o'ziga jalb qildimi? Kuchli jamoalarga o'ynash imkoniyatini bering. Biz buni futbol manfaati uchun qilyapmiz.

Bularning barchasi uchun televidenie pul to'laydi. Aynan shu narsa pul keltiradi. Pul barcha uchun. Agar yuqoridagilar pul ishlab topsa, u barchaga taqsimlanadi. Chunki biz futbolchilarni sotib olamiz va bir-birimizga yordam beramiz.

«Sevilya» ham Superligada o'ynashi mumkin. Beshta jamoa esa sport printsiplari asosiyda Superligaga chiqadi. Bu yopiq emas, ochiq turnir bo'ladi. Jamoalar sport printsiplari asosida unda ishtirok etish uchun kurash olib borishadi.

UEFA bizni qo'llab-quvvatlashi lozim. Agar biz ko'proq pul ishlab topsak, bu faqat futbolning manfaati uchun xizmat qiladi. Buni imkon qadar tezroq boshlashimiz kerak. Barchasini FIFA va UEFA bilan birgalikda muhokama qilmoqchimiz.

UEFA Chempionlar ligasining yangi formati ustida ishladi. Ammo men hech narsani tushunmadim. Biz futbolni qutqarib qolmoqchimiz, futbolni qutqarish esa — demak, barchani qutqarishdir. Yaqin 20 yil xotirjam o'tsin, unda hech kim 200 million evro zarar ko'rmasin.

Biz ishlamayotgan modulni o'zgartirmoqchimiz. Yangi modulni esa hech kim tushunmaydi. 2024 yilga kelib biz murdaga aylanamiz. Klublar millionlab evrolardan mahrum bo'lishdi», – dedi Peres.

BestMaster
20 Aprel 2021, 07:30
florentino, peres, «futbolni, qutqarib, qolmasak, 2024, yilga, kelib, murdaga, aylanamiz»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads