Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futbolda inqilob: Superliga rasman tuzildi!

Biz o'rgangan ko'rinishdagi Evropa futbolini butkul o'zgartirib yuborishi kutilayotgan Superliga tuzilgani haqida rasman e'lon qilindi.

.
- Yuklab olish

Biz o'rgangan ko'rinishdagi Evropa futbolini butkul o'zgartirib yuborishi kutilayotgan Superliga tuzilgani haqida rasman e'lon qilindi. Boshqacha ta'bir bilan aytganda, aprel oyi kechalarining birida tarqatilgan maxsus press-relizlar orqali evrofutbolda kichik inqilob yuz berdi. Hozircha bilan buni kichik inqilob deya turamiz. Ammo u yirik bo'lib chiqishi hech gap emas!

Har qanday inqilobda bo'lgani kabi bunisining ro'y berishi haqida ham ancha yillardan beri gap so'zlar mavjud edi. Evropaning top jamoalari moliyaviy jihatdan zaifroq bo'lgan boshqa klublar bilan foydani bo'lishgilari yo'q.

Hozirda 12 ta jamoa yangi musobaqada ishtirok etish maqsadini bildirgan va turnir ta'sischisi maqomida qayd etilgan. Bular «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem», «Real Madrid», «Barselona», «Atletiko», «Yuventus», «Milan» va «Inter». Asosiy rollarda Florentino Peres («Real M») va Andrea Anellini («Yuventus») ko'rish mumkin. Bundan tashqari Joel Gleyzer (MYu) nomi ham tilga olinmoqda.

Musobaqa formati

Musobaqada 20ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ulardan 15tasi ta'sischi klublar hisoblansa, qolgan 5 jamoani tanlab olish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvlar hafta o'rtasida o'tkaziladi. Barcha klublar o'z milliy chempionatlarida ishtirok etishda davom etadi. Shu bois, ichki chempionatlar saqlab qolinadi.

Musobaqa 2021 yilning avgust oyida boshlanishi kutilmoqda. Jamoalar 10tadan ikki guruhga ajratilishadi. Guruh bosqichida klublar uy-safar tizimida jami 18ta o'yin o'tkazishadi. Dastlabki 3ta o'rinni egallagan klublar avtomatik ravishda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishsa, 4 va 5-o'rinni egallagan jamoalar pley-off tizimi orqali chorak finalga chiqqan yana 2ta klub nomiga aniqlik kiritishadi.

Uyog'iga chorak final va yarim final bosqichi o'yinlari 2ta bosqichdan iborat bo'ladi. May oyi so'ngida esa final bahsi neytral maydonda o'tkaziladi.

BestMaster
19 Aprel 2021, 09:30
futbolda, inqilob, superliga, rasman, tuzildi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads