Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Madrid derbisida ochko yo'qotdi

Ispaniya chempionatining qizg'in pallasi boshlangan paytda «Real», kutilmaganda, ochko yo'qotdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining qizg'in pallasi boshlangan paytda «Real», kutilmaganda, ochko yo'qotdi. Zidan jamoasi «Xetafe» maydonida g'alaba qozona olmadi.

Tarkib bilan bog'liq muammolar "Qirollik klubi"ning o'yiniga ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Shunga qaramay, Mariano Dias bahsning 9-daqiqasida hisobni ochishgandi, ammo VAR kichik ofsayd tufayli golni bekor qildi.

23-daqiqada esa "Real"ni goldan darvoza ustuni qutqarib qoldi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Eder Militao "qaymoqranglilar"ni goldan qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo'limda to'p nazorati bo'yicha kichik ustunlik Zidan jamoasi tomonida bo'ldi, ammo golga tortadigan vaziyatlarni ko'proq mezbonlar yaratishdi. Ayniqsa, Tibo Kurtua ikkita vaziyatda mahorat ko'rsatib, zarbalarni qaytarishga erishdi.

Shu tariqa, "Real" kerak bo'lmagan joyda ochko yo'qotdi va endi peshqadam "Atletiko"dan 3 ochko ortda qolmoqda. Boz ustiga, "Barselona" qoldirilgan o'yinda g'alaba qozonib, madridliklardan oldinga o'tib ketishlari mumkin.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
Xetafe – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
Xetafe – Soriya, Djene, Olivera, Nom, Maksimovich, Kukurelya, Arambarri, Timor, Alenya (Suares, 76), Mata (Anxel Rodriges, 65), Unal (Miranda, 90).
Real Madrid – Kurtua, Viktor Chust, Marselo, Odriosola, Militao, Rodrigo (Antonio Blanko, 65), Modrich, Vinisius Junior, Isko, Asensio (Arribas, 78), Mariano Dias (Benzema, 65).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (54), Nom (58), Anxel Rodriges (75), Kukurelya (86).

BestMaster
19 Aprel 2021, 02:30
liga, «real», madrid, derbisida, ochko, yoqotdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads