Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

UEFAdan keskin qarorlar. Evropada yangi turnir vujudga kelishi mumkin

Bir qator manbalarining xabar berishicha, ko'hna qit'a miqyosida yangi turnir vujudga kelish arafasida. Ushbu turnir Evropa Superligasi deb nomlanadi. Bu turnir ko'p narsalari bilan Evropa Chempionlar Ligasidan ajralib turishi aytilmoqda.

.
- Yuklab olish

Bir qator manbalarining xabar berishicha, ko'xna qit'a miqyosida yangi turnir vujudga kelish arafasida. Ushbu turnir Evropa Superligasi deb nomlanadi. Bu musobaqa ko'p jihatlari bilan Evropa Chempionlar Ligasidan ajralib turishi aytilmoqda.

"AP" nashri ma'lumotlariga ko'ra, mazkur chempionatda qatnashmoqchi bo'lgan klublar translatsiya daromadlarining katta qismini oladi. "Sky Sports"ning ma'lum qilishicha esa bu loyihani moliyalashtirish qariyb 6 milliard evroni tashkil etadi. UEFA esa bu musobaqaning yaratilishiga qarshi va ushbu turnirda qatgashgan klublarni EChLdan chetlatishi mumkin. Shuningdek, A Seriya, La Liga va APL ham Evropa Suerligasida o'ynagan jamoalarni milliy chempionat o'yinlarida qatnashishini ta'qiqlaydi va yana unda harakat qilgan futbolchilar terma jamoalariga ham chaqirilmaydi.

Hozircha ushbu turnirda qatnashish taklifini "Manchester Yunayted", "Liverpul" "Manchester Siti" "Real Madrid, "Atletiko" , "Chelsi, "Tottenhem", "Barcelona", "Arsenal", "Inter", "Milan", "Yuventus" kabi jamoalar bildirgan. PSJ va "Bavariya" jamoalari esa bu taklifga rad javobini bergan.

FIFA ham bu masalani e'tiborsiz qoldirmaydi va oktyabr oyida bayonot berib, bu holat rasmiy bosqichga etib borsagina aralashishi mumkin.

Ushbu g'oya tashabbuskori "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres hisoblanadi. Shuningdek, bir qator klub prezidentlari bu borada Peresni qo'llab-quvvatlamoqda. UEFA bu turnirda qatnashish niyatini bildirgan klublar bilan sudlashish niyatida.

                                                     

                                                                                         

BestMaster
18 Aprel 2021, 21:30
uefadan, keskin, qarorlar, evropada, yangi, turnir, vujudga, kelishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads