Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan «Real»ning navbatdagi o'yini qaydnomasidan bor-yo'g'i 16 futbolchi o'rin oldi

Madridning «Real» klubi La Liga 31-turi doirasida «Xetafe»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi La Liga 31-turi doirasida «Xetafe»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Zayniddik Zidan qaydnomaga 16 nafar futbolchini kiritdi. Himoyachilar Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, Nacho, Ferlan Mendi, yarim himoyachi Lukas Vaskes va hujumchi Eden Azar jarohat tufayli o'yinda ishtirok etolmaydi. Koronavirus sabab Rafael Varan ham madridliklarga yordam bera olmaydi.

Shuningdek, o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan Kazemiro «Xetafe»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

«Xetafe» va «Real» jamoalari o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 18 apreldan 19 aprelga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

«Real»ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Marselo, Alvaro Odriosola, Viktor Chust;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Federiko Valverde, Isko;

Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.



Ushbu jamoalar o'rtasida birinchi davradagi o'yinda «Real» 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.

BestMaster
17 Aprel 2021, 21:00
zidan, «real»ning, navbatdagi, oyini, qaydnomasidan, bor-yogi, futbolchi, orin, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Реалга омад
17 Aprel 2021, 21:16
 v7v7v  
Olg'a
17 Aprel 2021, 23:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads