Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” — “Barselona”: 5:1 (3:1, 2:0)— “Barselona” fojiasining aybdorlari

Bu galgi Ispaniya superkubogi har doimgidan-da kuilmagan  bo'ldi. 

.
- Yuklab olish

Bu galgi Ispaniya superkubogi har doimgidan-da kuilmagan  bo'ldi. Chunki hech kim “Barselona”ning “Real”ga ikkala o'yinda ham mag'lub bo'lishini kutmagandi. Umumiy hisob 5:1 ko'rinishini olishini esa taxmin ham qilishmagandi. Tom ma'noda mazkur holat “Barselona” uchun fojia bilan barobar bo'ldi. Xo'sh, bu fojianing asosiy aybdorlari kimlar?

ASOSIY AYBDOR — BARTOMEU

Albatta, jamoaning bunday kuchsizlanib qolishiga asosiy sababchi Bartomeudir. Birinchidan, u Neymarni umuman keraksiz vaziyatda sotib yubordi. Keraksiz deganimizning sababi shundaki, ayni damda “Barselona”da Neymarning o'rnini bosa oladigan futbolchi yo'q. Nafaqat “Barselona”da, balki butun Evropada Neymardek o'ynaydigan futbolchini topish mushkul. Ana shunday vaziyatda janob Bartomeu 222 mln evroga oshiq bo'ldi-yu, Neymarni sotdi. Bu transferni uning o'zi ham xohladi, aks holda “PSJ” uni osongina qo'lga kirita olmasdi. “Real” ga qarshi o'yinda esa Neymarning o'rni yaxshigina bilindi. Masalan, 11-daqiqada Suares to'pni qanotdan uzatganida Andre Gomesh qulay vaziyatda sust harakat qildi. 63-daqiqada esa Messining ajoyib uzatmasini Roberto ko'kka sovurdi. Vaholanki, Neymar bunday holatlarning ko'pini golga aylantirgan.

Ikkinchidan, superkubokka qadar “Barselona” tuzukroq transferni amalga oshira olmadi. Agar Koutinyo, Dembele yoki Dibaladan birini xarid qilishga ulgurganida, ehtimol, bugun vaziyat boshqacha bo'larmidi? “Barselona” harakat qildi-ku, demang, to'g'ri, urindi, ammo pulning betiga qaragan odamning ishi unmaydi, degan gap bor. Kataloniya rahbariyati ayni damda transfer bozorida biroz maydakashlik qilayotgandek.

IKKINChI AYBDOR — VALVERDE

Janob Valverde, bu sizga “Atletik” emas degimiz keldi o'yinni ko'rib. Vaholanki, bosh murabbiy futbolchilarni ruhan tayyorlay olmagani o'yin davomida yaqqol sezildi. Bugun “Barselona”da kerakli shijoatni ko'rmadik. Aftidan, Valverde ham, futbolchilar ham sovrinni qo'ldan chiqarishganiga allaqachon ishonib bo'lishgandi. Bu esa Valverdening xatosi. Axir bu “Barselona”, “Atletik” emas, “Atletik” “Real”ni 3:1 yoki 3:0 ga yuta olmasligi mumkin, biroq “Barselona” yuta olardi, yutgan ham. Janob Valverde esa negadir futbolchilarga ana shu ruhni singdira olmagan ko'rinadi. Axir bir necha yil faqat “Matiz” haydab yurib, mashina haydashni faqat “Matiz” bilan belgilashga o'rgangan haydovchi to'satdan “Lasetti”ga o'tirib qolsa, dovdirashi bor gap. Valverde ham ayni damda mana shu haydovchining holatida. Janob Valverde, “Barselona” “Matiz”ga aylanib qolmasidan es-hushingizni yig'ib oling.

Xullas, mavsum “Barselona” uchun juda-juda yomon boshlandi. Umid qilamizki, bu yog'iga hammasi joyiga tushadi.

 Nizomjon ISLOMOV

 

BestMaster
17 Avgust 2017, 04:20
“real”, “barselona”, 20—, “barselona”, fojiasining, aybdorlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
merry
 merry  
Xa xa xa
17 Avgust 2017, 06:06
 real1050  
Барса олдиндан шунака боган реал кирол етомиди Бари реалга
17 Avgust 2017, 19:56
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads