Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kroos va Modrich juftligidan 100 lik g'alabalar

Kecha "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda (4:1) jamoa yarimhimoyachilari Luka Modrich hamda Toni Kroos jamoa safidagi o'zlarining "yuzlik" g'alabalarini qo'lga kiritdilar.

Xorvatiyalik futbolchi "Real" libosida La Ligadagi o'zining 100-g'alabasiga erishdi. Tajribali yarimhimoyachi buning uchun o'zi ishtirok etayotgan 5-mavsumida 138 bor maydonga tushdi va o'z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo'ydi. Modrich hozirga qadar jamoa bilan 2 marotabadan chempionlar ligasi, klublararo mundial va yevropa superkubogida zafar quchgan bo'lsa, Qirol kubogi va Ispaniya superkubogida bir marotabadan g'oliblikka erishgan.

Modrichning maydon markazidagi doimiy "tandemi" hisoblangan Toni Kroos esa kecha "Real" safida barcha turnirlardagi 100-g'alabasiga erishdi. 2014-yil avgustida ilk g'alabani ham "Sevilya"ga qarshi Yevropa superkubogida nishonlagan Kroos 100 ta g'alaba uchun 144 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning g'alabalaridan 70 tasi La Ligada, 23 tasi chempionlar ligasida, 4 tasi klublararo mundialda, 2 tasi Qirol kubogi va yana bittasi Yevropa superkubogida qayd etilgan.

RealBlancos

BestMaster
15 May 2017, 17:00
kroos, modrich, juftligidan, galabalar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 muhlisa  
Ajoyib juftlik
15 May 2017, 20:23
 isko  
Omad kroos modric
15 May 2017, 20:26
 Leonardo  
Ajoyib
15 May 2017, 21:13
 Leonardo  
Omad 2 sigaxam
15 May 2017, 21:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads