Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Enfild"da "nurli durang" qayd etildi va "Real Madrid" yarim finalga yo'l oldi

CHempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin egallagan "Liverpul" - "Real Madrid" javob bahsi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Liverpul" – "Real Madrid" 0:0"Enfild" stadioni

"Liverpul" – Alisson, Kabak (Diogu Jota, 60), Robertson, Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner (Tiago Alkantara, 60), Mane (Oksleyd-CHemberlen, 82), Veynaldum, Salax, Firmino (SHakiri, 82).

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Valverde, Kroos (Odriosola, 72), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 72), Modrich, Asensio (Isko, 82), Benzema.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (25), Robertson (25), Fillips (59).

Liverpool

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

15/04/2021, 00:00

0 : 0 Tugadi

Real Madrid

Stadion: Anfield, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45' 90' 25'  Andrew Robertson59'  Nathaniel Phillips60'  James Milner (Thiago Alcantara)60'  Ozan Kabak (Diogo Jota)82'  Sadio Mane (Alex Oxlade-Chamberlain)82'  Roberto Firmino (Xherdan Shaqiri)25'  Casemiro72'  Toni Kroos (Alvaro Odriozola)72'  Vinicius Junior (Rodrygo)82'  Marco Asensio (Isco) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

90+4-daqiqa. Bo'ldi burchak zarbasidan keyin ham "Liverpul" naf chiqara olmaganidan so'ng, bosh hakam final hushtagini chaldi. SHu tariqa, anchayin qiziqarli kechgan bahs nurli durang bilan yakunlandi va Zizu shogirdlari yarim finalga yo'l oldi.  

90+2-daqiqa. Kurtua yana bir bor jamoasi joniga oro kirdi. Himoyachilarning xatosi va Salaxning zarbasidan keyin Tibo to'p darvozadan joy egallashiga imkon bermadi.

90+1-daqiqa. "Qizillar"ning navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85-daqiqa. "Liverpul" to'pni "Real"ga deyarli bermay, hujum ketidan hujum uyushtirmoqda.  

82-daqiqa. O'zgarish! "Real"da esa Isko Asensio o'rniga o'yinga qo'shildi. 

82-daqiqa. O'zgarish! Mane va Firmino o'rnini SHakiri va CHemberlenga bo'shatib berdi. 

81-daqiqa. Militaoning qanotdan uzatgan to'pi Benzemagacha etib keldi, ammo franciyalikning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.  

80-daqiqa. Burchakdan uzatmadan keyin Filips noaniq zarbani amalga oshirdi.   

79-daqiqa. Odriosola himoyadan chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin uning baxtiga Asensio to'pni egallab olgan Firminoni to'xtatdi.  

75-daqiqa. Asensioning zarbasi Jotaga tegib, maydonni tark etdi.  

72-daqiqa. O'zgarish! Vinisius va Kroos uchun bugungi bellashuv yakunlandi. Ularning o'rniga Odriosola va Rodrigo o'yinga qo'shildi.  

69-daqiqa. Militao to'p yo'liga to'g'anoq bo'lib, Kurtuaga ish qoldirmadi.  

66-daqiqa. Valverdening ajoyib uzatmasidan keyin Vinisius Alisson bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin posbonni alday olmadi, keyingi urinishda Bekker Benzemaga ham imkon qoldirmadi.   

65-daqiqa. "Liverpul" burchak zarbasidan samara chiqara olmadi.  

60-daqiqa. O'zgarish! Milner va Kabak ketdi, ularning o'rnini Tyago va Diogu Jota egalladi. 

59-daqiqa. Ogohlantirish! Nataniel Filips Kazemiroga nisbatan qo'pollik sabab sariq kartochka ishlab oldi.   

53-daqiqa. Ferlan Mendi katta tezlikda hujumga o'tdi va to'pni Benzemaga qaytarishni niyat qilgandi, biroq Jeyms Milner keskinlikni yo'qqa chiqardi.  

50-daqiqa. Bo'lim avvalidagi "shturm" yakuniga etdi chog'i. Har holda "Real" o'yinni yana tinchlantirdi hamda o'zi qarshi hujum uchun vaziyat izlamoqda.  

48-daqiqa. "Liverpul" birinchi taymdagidek, ikkinchi bo'limni ham ancha faol boshladi. Jamoa ketma-ket hujum, zarbalarni amalga oshirmoqda.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Karim Benzema boshlab berdi. 

Bu vaqt davomida "Liverpul" raqib darvozasiga yo'l topishga urindi, ammo hozircha hech bir jamoa hisobni ocha olganicha yo'q. Tanaffus, bir oz dam olamiz. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "Real" malum vaqt to'pni o'zida ushlab turdi, lekin keyin Modrichning uzatmadagi xatosi tufayli uni yo'qotdi.   

42-daqiqa. "Real" himoyachilari bir-birlariga ishonib qolishdi, natijada Aleksander Arnold to'pni olib qo'yib, sherigiga uzatdi, biroq Veynaldumning zarbasi o'ta noaniq chiqdi.    

40-daqiqa. Veynaldum-Mane kombinaciyasidan keyin Salax qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

37-daqiqa. Trentdan ajoyib uzatma va sal qolsa, raqib himoyachilari etiboridan chetda qolgan Mane gol urib ketishi mumkin edi.  

31-daqiqa. Sadio Mane hujumda Militaoga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

29-daqiqa. To'p uchun kurashda Salax Nachoga nisbatan xavfli o'ynadi va hakam jarima zarbasi belgiladi. 

27-daqiqa. To'p asosan maydon markazida "aylanib yuribdi".  

25-daqiqa. Ogohlantirish! Endryu Robertson ogohlantirildi. 

25-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam bu vaziyat uchun Kazemiroga sariq kartochka ko'rsatdi.   

24-daqiqa. Alamini olishni uzoqqa qoldirmay Kazemiro "podkatda" Milnerni maydon tashqarisiga chiqarib tashladi. 

22-daqiqa. "Real" muxlislarini havotirga solib, Kazemiro oqsab yuribdi. 

19-daqiqa. "Liverpul"ning markaziy himoyachilari o'zlarini eslatishni boshlashdi... Benzema bosim uyushtirib to'pni raqibidan ilib ketdi va yakunda zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, keyingi urinishda Vinisius aniq zarbasidan keyin Alisson to'pni egallab oldi.  

17-daqiqa. Jarima zarbasidan amalga oshirilgan uzatmadan keyin Ozan Kabak darvoza toomn zarba berishga imkon topdi.    

14-daqiqa. "Real" sekin-asta to'p nazoratini o'z tomoniga og'dirib, o'yin kartinasini o'zgartirishmoqda.  

11-daqiqa. Kurtuaaaa! Milnerning zarbasidan so'ng to'p darvozaning yuqori burchagiga qarab ketayotgandi, belgiyalik posbon uni qaytarishni uddaladi.   

9-daqiqa. Buchrak zarbasidan keyin esa hakam Karim Benzema o'yindan tashqari holtada qolib ketganini qayd etdi. 

8-daqiqa. "Real" esa hujumga bir kelganda ikki bor zarba yo'lladi. Kroosning ham, Modrichning ham o'arbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.  

Militao yordamga muxtoj bo'lib yotibdi. 

7-daqiqa. Yana bir buchrak to'pi. Uzatmadan keyin to'p jarima maydonidan uzoqlashtirilgandi, qo'shimchasiga hakam hujumdagilar fol ishlatganini takidladi. 

5-daqiqa. Burchak zarbasini Trent kutilmaganda tezda boshlab yubordi va keskin vaziyat yuzaga keltirishga yaqin edi. 

"Liverpul" o'yinni ancha faol boshladi. 

2-daqiqa. Xavfli vaziyat! Tezkor hujumni Salax yakunlamoqchi edi, ammo uning zarbasidan keyin Kurtua oyoqlari bilan to'pni qaytarishga erishdi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

"Liverpul" (Angliya) – "Real Madrid" (Ispaniya)

00.00, «Enfild»

Liverpul – Alisson, Kabak, Robertson, Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner, Mane, Veynaldum, Saloh, Firmino.

Real Madrid – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Valverde, Kroos, Kazemiro, Vinisius Junior, Modrich, Asensio, Benzema.

Birinchi o'yin: 1:3

BestMaster
15 Aprel 2021, 02:15
enfildda, nurli, durang, qayd, etildi, real, madrid, yarim, finalga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads