Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tomas Tuxel: «Liverpul» yoki «Real»? Yarim finalda APL klubiga qarshi o'ynashni xohlamasdim»

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Evropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida «Portu»ga qarshi kechgan o'yindan (0:1) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Evropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida «Portu»ga qarshi kechgan o'yindan (0:1) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Londonliklar ushbu uchrashuvda 0:1 hisobida yutqazganiga qaramay, dastlabki o'yindagi g'alaba evaziga (2:0) yarim finalga chiqdi.

"Barcha choralarni ko'rdik. Qiyin o'yin bo'ldi. Balki, bu televizorda ko'rish uchun juda tomoshabop o'yin bo'lmagandir, biroq maydon yonidan juda asabiy va tezkor o'tgani ko'rinib turdi. «Portu»ga qarshi harakat qilish va ularning bosimiga dosh berish juda qiyin bo'ldi.

Biz juda yaxshi himoyalandik, quruq o'yin o'tkazishga haqli edik. Yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, lekin gol ura olmadik. Umuman olganda ortda qolgan 180 daqiqani inobatga olsak, biz g'alabaga haqli edik.

Keyingi bosqichdagi raqibni tanlamoqchi emasman, biroq Chempionlar Ligasida o'z ligamiz jamoasi bilan o'ynashni xohlamagan bo'lardim. Raqiblar o'yiniga qadar hali vaqt bor. Uni tomosha qilaman, shunisi yoqimliki, uni yarim finalchi sifatida kuzataman. Bu juftlikda har narsa bo'lishi mumkin, «Liverpul» o'z maydonida juda kuchli. Biz esa qaysi raqib tushsa ham uni qabul qilamiz", — dedi Tomas Tuxel.

«Liverpul» — «Real» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 14 apreldan 15 aprelga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yinda madridliklar 3:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgandi.

BestMaster
14 Aprel 2021, 20:30
tomas, tuxel, «liverpul», yoki, «real»?, yarim, finalda, klubiga, qarshi, oynashni, xohlamasdim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads