Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peres "Real"da qoldi. U kelajak jamoasini qurmoqchi

Xabaringiz bor, Florentino Peres Madridning "Real" klubi prezidentligiga avtomatik ravishda qayta saylandi.

.
- Yuklab olish

Endi afsonaviy menedjer 2025 yilga qadar mazkur vazifani bajaradi.

Florentino Peres oltinchi marta "Real" prezidenti etib saylandi    

Xorij nashrlarining taxmin qilishicha, F. Peres bu muddat ichida kelajakning "Real"ini qurishga ulguradi.Francuz Madriddagi prezidentligining yangi davrida ham avval bo'lgani kabi katta yulduzlarni olib keladi. 2000 yillarda Figo, Bekxem va Zidan, 2009 yilda Kaka, Ronaldu va Benzema transferini amalga oshirgan Peresning yangi davrdagi ilk nishoni Mbappe bo'ladi."Real Madrid" rahbariyati ushbu transfer uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Franciyalik forvard keyingi 10 yilda klubning lideri bo'lishi kerak.Kilian bilan birga "qirollik klubi" hujum chizig'ida o'ynashi reja qilinayotgan boshqa nom — Erling Xoland.Mbappe va Xolandning "Real"ga bir mavsumda emas, turli yillarda kelishi ehtimoldan yiroq emas. Ammo, ispan matbuoti bu 2 nomning oxir-oqibat "qaymoqrangli" libos kiyishiga ishonmoqda...Mino Rayola ham Erlingni Madridga olib o'tmoqchi. U mijozi haftasiga 1.15 million evro maosh oladigan shartnoma tuzishni mo'ljallayapti. Rayolaning bu rejasi amalga oshsa, Xoland yangi jamoasida yiliga 60 million evro ishlab topadi va futbol olamining eng ko'p pul topadigan o'yinichisiga aylanadi.SHunday ekan, Serxio Ramos, Luka Modrich, Marselo, Karim Benzema va Toni Kroos singari klubning bugungi etakchilari tez orada o'tmishga aylanishi, ularning o'rnini yangi nomlar egallashini taxmin qilish qiyin emas. Qadrli o'quvchi, "Real"ning yaqin kelajagi haqida siz qanday fikrdasiz?Darvoqe, Peresning eng katta loyihalaridan bir hisoblangan yangi "Santyago Bernabeu" 2022 yilning oktyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

BestMaster
14 Aprel 2021, 13:30
peres, realda, qoldi, kelajak, jamoasini, qurmoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads