Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan «Real»ning «Liverpul»ga qarshi javob o'yini uchun qaydnomani e'lon qildi

Madridning «Real» klubi Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Zayniddin Zidan qaydnomaga 21 nafar futbolchini kiritdi. Himoyachilar Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, yarim himoyachi Lukas Vaskes va hujumchi Eden Azar jarohat tufayli o'yinda ishtirok etolmaydi. Shuningdek, koronavirus sabab Rafael Varan ham madridliklarga yordam bera olmaydi.

«Liverpul» va «Real» jamoalari o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 14 apreldan 15 aprelga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

«Real»ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi, Viktor Chust;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko, Marvin Pak, Serxio Arribas;

Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

«Real» va «Liverpul» jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin 3:1 hisobida ispan klubi foydasiga hal bo'lgandi.

BestMaster
12 Aprel 2021, 19:30
zidan, «real»ning, «liverpul»ga, qarshi, javob, oyini, uchun, qaydnomani, elon, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Олға реал Мадрид фақат ғалаба
13 Aprel 2021, 13:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads