Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Hakam penalti belgilamadimi, demak, penalti yo'q»

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan "Barselona"ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirdi.

.
- Yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan "Barselona"ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirdi.

"Uchrashuvdan faqat yaxshi hissiyotlar qoldi. Biz o'yinni juda yaxshi boshladik. Haqli g'alabaga erishdik. "Barselona" darvozasiga uchinchi golni urish uchun ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik.

Kuman hakamlarni tanqid qildi? Agar hakam penalti belgilamagan bo'lsa, demak, u erda penalti yo'q edi. Men uchun muhimi — maydonda amalga oshirgan ishimiz. Bizga oson bo'lmadi. Chunki "Barselona" — ajoyib jamoa. Hakam o'yin taqdiriga ta'sir ko'rsatdi, demagan bo'lardim.

"Karim Benzemaning goli — bu saviya va iqtidor timsoli. Uning uchun xursandman. Umuman olganda, bugun jamoa meni xursand qildi. Tarkibda o'zgarishlar ko'p edi, ammo har bir futbolchi o'ynashni istayotgani va o'z ishiga sodiq qolayotgani meni quvontiradi. Bu yaxshi xislat", — dedi Zidan.

BestMaster
11 Aprel 2021, 07:00
zidan, «hakam, penalti, belgilamadimi, demak, penalti, yoq»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads