Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» mavsumdagi ikkinchi «el-klasiko»da ham g'alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Barselona»ni qabul qilib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Barselona»ni qabul qilib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Kataloniyaliklar o'z uslublariga sodiq qolgan holda to'p nazoratiga e'tiborni qaratishdi. Ular 10-daqiqada hisobni ochishlari ham mumkin edi. Ammo Alba tomonidan darvoza oldida ochiq turgan Dembelega etkazilgan uzatma yo'nalishini Kurtua o'zgartirdi va xavfni bartaraf etdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida "Real" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Valverde-Lukas Vaskes-Benzema kombinatsiyasidan so'ng Karim tovoni bilan "Barsa" darvozasini ishg'ol qildi. Juda chiroyli gol.

Oradan 14 daqiqa o'tib Zidan shogirdlari yana bir xavfli qarshi hujum tashkil qilib, jarima zarbasi ishladi. Toni Kroosning zarbasidan keyin to'p Destga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Darvoza chizig'i ustida turgan Alba ham to'pni qaytara olmadi — 2:0.

Bahsning 34-daqiqada "qaymoqranglilar" to'qnashuv taqdirini hal qilib qo'yishlari mumkin edi. Yana bir ideal hujum va Valverdening zarbasidan so'ng to'p olis ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Lukas Vaskes zarba berdi — ter Shtegen qaytardi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Messi burchak zarbasini shunday tepdiki, to'p Kurtuaning ustidan oshib o'tib, ustunga tegib, maydonga qaytdi.

Ikkinchi taymda Kuman maydonga himoyachi Dest o'rniga Grizmanni tushirib, o'yinga o'zgartirish kiritdi. Bu esa o'z samarasini bera boshladi. Bahsning 60-daqiqasida Alba chap qanotdan etkazgan uzatmani Antuan oyoqlari orasidan o'tkazib yubordi va Mingesa darvozani ishg'ol qildi — 2:1.

Oradan 1 daqiqa o'tib "Real" uchinchi golni urishi mumkin edi. Vinisius jarima maydoniga kirdi va o'tkir burchak ostida zarba berdi. To'p Arauxo orqali ustunga tegib, maydonni tark etdi. Oradan 2 daqiqa o'tib esa katta sahnaga Kurtua chiqdi. Aks holda hisob tenglashishi mumkin edi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida "Barsa" qarshi hujumga o'tdi va Mingesa o'ng qanotdan kuchli zarba berdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi.

O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida bahsli vaziyatga yuzaga keldi. Ferlan Mendi o'z maydonida ichida Breytueytning qo'lidan tortib yiqitdi. Hakam hushtak chalmadi, VAR ham penalti yo'q deya ta'kidladi.

So'nggi daqiqalarda Kazemiro ketma-ket ikkita sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Qo'shib berilgan eng so'nggi 4-daqiqada Moriba tomonidan yo'llangan zarba natijasida to'p to'singa tegib qaytdi. Hujumga etib kelgan Ter Shtegen yo'llagan zarbadan so'ng to'p Trinkauga tegib qaytdi.

Mana shunday vaziyatlarga boy bo'lgan o'yinda "Madrid" g'alaba qozonib, o'z ochkolarini 66taga etkazgan holda peshqadamga aylandi. "Barsa" hisobida esa 65 ochko mavjud.

Ispaniya La ligasi, 30-tur
Real Madrid – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Benzema, 2:0 – 28 Kroos, 2:1 – 60 Mingesa.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano Dias, 72).
Barselona – ter Stegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Serdji Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.
Ogohlantirishlar: Pedri (23), Arauxo (26), Nacho (69), Alba (84), Kazemiro (89).
Chetlatish: Kazemiro (90).

BestMaster
11 Aprel 2021, 02:00
«real», mavsumdagi, ikkinchi, «el-klasiko»da, galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads