Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" o'z maydonida "Barsa"ni qabul qiladi. Kimda qanday imkoniyat?

Bugun futbol. "El-klasiko" haqida qisqacha prevyu

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasida muhimligi bilan boshqalaridan ajralib turadigan ikkita uchrashuv bor. Biri 1-turdagi "El-klasiko", keyingisi esa ikkinchi turdagi "El-klasiko". Boshqa ligalarning ashaddiy ishqibozlari qanday o'ylamasin, "Real" va "Barsa" to'qnashuvi dunyodagi har qanday uchrashuvdan ustunroq turishi bor gap. O'sha kuni, nafaqat Ispaniya, balki butun dunyo futbol ishqibozlari ikkiga bo'linishadi. Bir tomon ko'k-qizil rangga bo'yalsa, ikkinchi tomon oppoq rangga burkanadi. Bugun soat tungi 00:00da Ispaniya La ligasi, doirasidagi 30 tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Mazkur qarama-qarshiliklar doirasidagi, eng shiddatli, qiziqarli va ushbu mavsumdagi ko'p narsalarni aniqlashtirib beradigan uchrashuv "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Hozir esa biz sizlarga mazkur qarama-qarshilik haqida tayyorlangan qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

"Atletiko" va "Real Sosedad" bilan bo'lgan uchrashuvlarda qayd etilgan durang natija Madrid jamoasining chempionlik imkoniyatlarini biroz kamaytirib yubordi. Mazkur o'yinlardan keyin, "qaymoqranglilar" 2-o'rindan, 3-pog'onaga tushib ketishdi. Hozir madridliklarga 3 ochko havodek zarur. Chunki, bugungi bahsdagi durang, yoki mag'lubiyat, Zidan jamoasini chempionlikdan biroz uzoqlashtirib yuborishi mumkin. Agarda, "Real" kataloniyaliklar jamosi ustidan g'alaba qozonsa, unda ochkolar sonini tenglashtirib, 1-o'rindagi "Atletiko" bilan oradagi farqni ushlab qolishadi. Ehtimol birinchi o'ringa chiqib olishi ham mumkin. 

"Atletiko"ning ko'plab muvaffaqiyatsiz uchrashuvlaridan unumli foydalanib qolgan "Barselona", "matraschilar" bilan oradagi farqni bittagacha kamaytirishga erishdi. Hozirgacha Ronald Kuman shogirdlari 19 uchrashuvdan beri mag'lubiyatsiz o'yin namoyish etib, o'ziga xos natija ko'rsatib kelmoqda. Qolaversa, "Barsa" hisobida ketma-ket qo'lga kiritilgan 6 g'alaba mavjud. Lekin, shuni ham ta'kidlab o'tishimiz kerakki, garchi Kataloniya jamoasi "Real Sosedad", "Sevilya" kabi jamoalar ustidan g'alaba qozongan bo'lsa-da, ammo mazkur uchrashuvlarda mukammal o'yin namoyish etgan ham deya olmaymiz. Faqatgina, raqiblari saviyasidan kelib chiqib muvaffaqiyatga erishganini ham ta'kidlab o'tish kerak.

"Real Madrid"

Ushbu mavsum sardori Serxio Ramos uchun "Real" dagi so'nggisi bo'lishi mumkin. Sababi, Madrid klubi rahbariyati va futbolchi haligacha bir qarorga kelganicha yo'q. Ehtimol, kelayotgan transferlar mavsumida Ramos jamoani tark etishi mumkin. Ammo, "el-klasiko" uchrashuvlarining asosiy yulduzlaridan biri bo'lgan Serxio bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. Deyarli mavsumning ko'p qismini jarohatlar bilan bog'liq muammolarga o'ralashib o'tkazib yuborgan Ramos, "ko'k-anorranglilar"ga qarshi uchrashuvda yo'qligi yaqqol sezilishi mumkin. Chunki, Ramossiz "Real" ruhiy tomondan ham tushkunlikka tushishi mumkin. "El-kapitano" shu paytgacha La ligada atigi 15ta, Chempionlar Ligasida esa to'rtta o'yin o'tkazgan.
Ramos yo'qligida, asosiy himoyachilar Rafael Varan va Nacho hisoblanar edi. Garchi, Ramossiz o'ynagan Varan ko'p xatolarga yo'l qo'ysa-da, ushbu bahslarda o'zining etakchilik qobiliyatini ko'rsatar edi. Afsuski, "Real Madrid" muxlislari uchun yana bir yomon holat yuz berdi. Ya'ni, "Liverpul"ga qarshi uchrashuv boshlanishidan oldin, frantsuz futbolchisida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Angliyaliklar bilan o'yinga esa Eder Militao maydonga tushirildi. Shuni ham aytib o'tishimiz kerakki, "Real" tarkibida juda kam maydonga tushadigan Eder juda ta'sirchan futbolchi hisoblanadi. Braziliyalik beshta uchrashuvda harakat qilib, ikki sariq va bir qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan. Lekin, 3 kun oldin Chempionlar Ligasida o'ynagan Militao "Liverpul"ga qarshi bahsda yomon o'yin ko'rsatmadi. Shuning uchun, "Real" va uning muxlislar unga ishonishdan boshqa iloji ham yo'q. Qolaversa, bugungi uchrashuvni Karvaxal ham o'tkazib yuboradi. Shuningdek, bahsda Eden Azar ham maydonga tushishi noma'lum. Ammo, bir necha kun oldin chiqqan xabarlarga ko'ra, belgiyalik futbolchi "Barsa"ga qarshi uchrashuvda o'ynashi mumkin.
Aksariyat jamoalar safarda emas, uy sharoitida yaxshiroq o'ynashadi, hatto tribunada muxlislarning yo'qligi ham ularni bezovta qilmaydi. Lekin, bunga qarama-qarshi holatlar ham mavjud. Xususan, "Real" "Barsa" bilan uy uchrashuvlarida juda omadsiz ishtirok etadi. Agar so'nggi o'nta o'yinni natijalarini hisoblab chiqadigan bo'lsak, "qaymoqranglilar" o'z uyida kataloniyaliklarga 7 marta imkoniyatni boy bergan va bor yo'gi 3 marta g'alaba qozonishga erishgan. Shuningdek, safar uchrashuvlarida esa Madrid jamoasi to'rt g'alaba va to'rt mag'lubiyat qayd etishgan. Bunday statistika nima sabab bo'lganligini aytish qiyin, ammo nima bo'lgan taqdirda ham "Real"ga o'z uyida devorlari yordam bermaydi, chog'i.

"Barselona"

"Barselona" so'ngi uchrashuvlarda 3 himoyachi bilan o'ynashiga odatlanib qoldik. Murabbiy Ronald Kuman ham jamoada avlodlar almashinuvini amalga oshirish maqsadida, ko'pgina yosh va umidli futbolchilarga imkoniyat bermoqda. Ammo, murabbiy bugun ham shunday tavakkal qiladimi, yoki yo'qmi bu noma'lum. "Real Madrd"ga qaraganda, "Barselona" nisbatan optimal tarkibda deyish mumkin. Chunki, Kataloniya jamoasining asosiy himoyachisi Jerar Pike safga qaytdi va katta ehtimol bilan bugungi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. Albatta, tajribali himoyachining tarkibga qo'shilishi, jamoa muxlislariga xursandchilik olib kelishi tayin. Shuningdek, oldingi mavsumlarda jarohat bilan bog'liq muammolarga o'ralashib qoladigan Usman Dembele mavsum o'rtalariga kelib, stabil o'yin namoyish etishni boshladi. O'tgan turda "Valyadolid"ga qarshi uchrashuvda kiritgan super gol jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Qolaversa, Serjino Dest kataloniyaliklar o'ng qanot himoyasida ajoyib o'yinlar namoyish etmoqda. Bugungi uchrashuvda ham maydonga tushishi ehtimoli katta. "Barsa" oxirgi paytda 3-4-3 sxemada o'ynab kelmoqda. Ushbu 3talik himoyaning asosini Lengle, De Yong va Dest kabi yosh futbolchilar tashkil qilishini ham aytib o'tish kerak. Antuan Grizmann yaqinda farzandli bo'ldi. Qiziq tomoni, uning 3 farzandi ham bir kunda, ya'ni 8-aprel kuni dunyoga kelgan. Ammo, bu holat bugun Kataloniya klubi frantsuz futbolchisisiz maydonga tushmasligiga sabab bo'lmasa kerak.

Ehtimoliy tarkiblar.

"Real Madrid" (4-3-3): Kurtua, Mendi, Nacho, Militao, Modrich, Kazemiro, Kross, Junior, Benzema, Asensio.

"Barselona" (3-4-3): ter Shtegen, Pike, Lengle, De Yong, Dest, Buskets, Pedri, Alba, Grizmann, Dembele, Messi.


Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, "Real" va "Barsa" o'rtasidagi mazkur bahsdagi qaysidir jamoaning mag'lubiyati, katta ehtimol bilan o'sha jamoani chempionlik yo'lidagi shashtini pasaytirib yuborishi mumkin. Chunki, hozirada ikki jamoa ham optimal formada va stanil o'yin namoyish etmoqda. Agar, ushbu o'yinda qaysidir jamoa g'olib bo'lsa, chempionlikka asosiy da'vogarga aylanadi va bu yog'iga iloji boricha ochko yo'qotmay o'ynashga harakat qilishni boshlaydi. Ushbu uchrashuv, bugun tunda soat 00:00da boshlanadi.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
10 Aprel 2021, 21:00
maydonida, barsani, qabul, qiladi, kimda, qanday, imkoniyat?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads