Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Samarqand shahri "El Klassiko" haqidagi videorolik manzili bo'ldi

Bugun, 10 aprel soat 23:55 da "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi. CHempionlik poygasiga sezilarli ravishda tasir ko'rsatadigan ushbu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi.

.
- Yuklab olish

"El-Klassiko" futbol tarixidagi eng qaynoq baxslardan biri sanaladi. La Liga tomonidan "Al Mumtoz"ni yanada ommalashtirish maqsadida bir necha xalqaro loyihalar amalga oshirilyapti.SHunday loyihalardan biri aynan bizning yurtimizga ham kirib keldi."El-Klasiko"ni dunyoning barcha nuqtalaridan muhlislar tomosha qilishini ko'rsatadigan videorolikda Yava orollari, Keniyadagi Maasai qabilalari, Germaniyadagi Aybze ko'li bilan bir qatorda afsonaviy va go'zal Samarqand shahri ham ishtirok etgan. Rolikda dunyoning barcha go'zal nuqtalarida "El-Klassiko"ni tomosha qilish uchun maxsus markazlar tashkil qilingani aks etgan.

Posmotret etu publikaciyu v Instagram

Publikaciya ot championat.asia (@championat.asia)

 

La Liganing Markaziy Osiyodagi vakili va Samarqanddagi loyihaning tashabbuskori Xais Rahmoni quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz bunday katta o'yinlar orqali insonlar va turli madaniyatlarni birlashtirishni maqsad qilganmiz. Butun dunyodagi ispan futboli muxlislari O'zbekistonning naqadar go'zal yurt ekanligini shu rolik orqali bilib olishlari, shu bilan birga mahalliy muhlislarni shunday katta o'yinlar orqali o'z shaharlariga qiziqishlarini oshirishni maqsad qilganmiz".

Ispaniya hukumati muxlislarning stadionlarga kirishini taqiqlangan bo'lsa ham, La Liga ishqibozlarga o'zlarini huddi stadionda turgandek his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan. O'yinchilarni yirik planda ko'rsatuvchi rakurs aynan shular jumlasidandir. La Liga translaciyalaridagi yangi grafik dizayndagi kadrlar, statistik malumotlar muxlislarga xuddi real hayotdagidek taassurotlar berishiga qaratilgan. Dronlar va boshqa vositalardan olingan tasvirlar ham aynan shunga qaratilgan.Ushbu o'yinga ikki hafta qolganda 22 ta xalqaro ijtimoiy tarmoq kanallari o'yin haqida malumotlar berishni boshlab yuborishgan. Ular umumiy hisobda 130 million obunachiga ega.

BestMaster
10 Aprel 2021, 18:30
samarqand, shahri, klassiko, haqidagi, videorolik, manzili, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads