Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barsa" "Real"ga necha yil davomida yutqazmagan? Tarixdagi eng yirik hisobni bilasizmi? Yoxud "El-Klasiko" haqida qiziqarli ma'lumotlar

El-Klasiko haqida qiziqarli ma'lumotlar

.
- Yuklab olish

"El-klasiko" - bu futbolda natijani oldindan aytib bo'lmaydigan ajoyib to'qnashuv. Aynan "Barsa" va "Real" o'rtasidagi o'yin kuni futbol olami ikki qismga bo'lingan: bir tomon ko'k-anor rangga bo'yansa, ikkinchi tomon oppoq rangga burkanadi. "El-klasiko" 119 yillik juda boy tarixga ega. Shuning uchun ham 10 aprel kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv arafasida ikkita eng buyuk klub o'rtasidagi bu ajoyib to'qnashuv haqida juda qiziq faktlarni taqdim etamiz.

Qarama-qarshilik statistikasi

"El-klasiko" uchrashuvlari tarixi davomida 245ta rasmiy o'yin o'tkazilgan. Madrid va Kataloniya shahrining ikki etakchi jamoasi o'rtasidagi uchrashuvlarning umumiy statistika quyidagicha: ushbu qarama-qarshiliklarning 96 martasida "Barselona" o'z hisobiga g'alaba yozdirib qo'ygan bo'lsa, "Real" 97 marta muvaffaqiyat qozongan. 52 o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati bo'yicha "qaymoqranglilar" 408ta gol bilan etakchilik qilayotgan bo'lsa, kataloniyaliklar 400 gol bilan raqibini ta'qib etmoqda.

Birinchi o'yin

Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 1902 yilda bo'lib o'tgan. Ushbu o'yin Ispaniya qiroli Alfons XIII taxtiga o'tirish sharafiga tashkil qilingan. Uchrashuv Madridning qirollik klubi maqomiga qaramay, Kataloniya klubi 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

Tarixdagi eng samarali o'yin

“El-Klasiko” tarixidagi eng yirik g'alaba — 11:1 hisobi. 1943-yilning iyun oyida “Real” Ispaniya Kubogi yarim finalining javob bahsida shunday hisob qayd etgan holda “Barselona”dan ustun kelgandi. Qizig'i, birinchi bahsda “Barselona” 3:0 hisobda g'alabaga erishgan.

Eng uzun mag'lubiyatsiz ceriya

Klasiko tarixidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriya “Barselona”ga tegishli. 1917-yilning noyabridan 1928-yilning iyuniga qadar katalonlar ketma-ket 13 ta o'yinda “Real”ga yutqazmagan. “Qaymoqranglilar”ning esa bu boradagi eng yaxshi ko'rsatkichi 10 ta o'yinga teng (1931-yil yanvaridan 1935-yilning fevraliga qadar).

Qarama-qarshilik tarixidagi eng yaxshi to'purar

"El-Klassiko" tarixidagi eng yaxshi to'purar - Lionel Messi 26 ta gol bilan. Ajablanarlisi shundaki, argentinalik "Real"ga qarshi so'nggi 7 uchrashuvdan beri gol ura olmay kelmoqda.
Ro'yxat quyidagicha davom etadi:
Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu ("Real") - 18 ta gol;
Raul Gonsales ("Real") - 15 ta gol;
Sezar Rodrigez ("Barselona"), Frantsisko Gento va Ferents Pushkash ("Real") - 14 ta gol.

"Kamp Nou" - qal'a

"Real” 1984—2003-yillar mobaynida “Kamp Nou”da birorta g'alabaga erisha olmagan. “Real” o'zining eng yaxshi holatida bo'ladimi yoki “Barselona” eng yomon formadami, farqi yo'q. 19 yil mobaynida Kataloniyada qo'lga kiritilgan bir ochko “Real” uchun yaxshi natija hisoblangan. Bu seriyaga 2003-yilning 7-dekabrida “Galaktikos” tomonidan nuqta qo'yilgandi. O'shanda Roberto Karlos va Ronaldoning goliga Patrik Klyuyvert yagona kiritilagn to'p bilan javob qaytargandi.

39 "xoin"

Hozir gap ikkala klubda ham o'ynagan futbolchilar haqida ketmoqda. Ularning 23 nafari "Barselona"ni "Real"ga, 16 nafari "Real"ni "Barsa"ga almashtirib yuborgan. Bu ro'yxatdagi eng taniqli futbolchilar Nibbler Ronaldu, Mixael Laudrup, Samuel Et'O, George Xadji, Xaver Saviola, Luis Enrike. Ammo eng shov-shuvli bunday o'tish, albatta, Luis Figuning transferidir. Portugaliyalik futbolchi matbuot anjumanida "Barselona"ga sodiq ekanligimni va hech qayerga ketmasligimni va'da qildi. Ertasi kuniga esa u allaqachon "Real" tibbiy komissiyasidan o'tayotgan edi. Ajablanarli ...

Boshqa qiziqarli ma'lumotlar

1948-yilning yanvaridan 1954-yilning noyabriga qadar “El-Klasiko” o'yinlarida murosa yo'li tanlanmagan. Jamoalar ketma-ket 18 ta uchrashuvda g'olib nomini aniq qilgan va bu rekord hisoblanadi.

***

2011 yil 16-apreldan 2013 yil 2-martgacha bo'lgan davrda jamoalar o'zaro 16 martadan ko'proq o'ynashgan. Grandlar chempionat, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida o'zaro to'qnash kelishdi. Bu holat tarixda hech qachon bo'lmagan edi.
Shuningdek, 2011 yil 16 apreldan 3 maygacha bo'lgan vaqtni ta'kidlashingiz mumkin, faqat 18 kun ichida jamoalar o'zaro 4 marta uchrashishgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
10 Aprel 2021, 10:30
barsa, realga, necha, davomida, yutqazmagan?, tarixdagi, yirik, hisobni, bilasizmi?, yoxud, el-klasiko, haqida, qiziqarli, malumotlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads