Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning «Barselona»ga qarshi o'yini uchun qaydnomani e'lon qilindi. Yo'qotishlar bor

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 30-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi bahs uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 30-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi bahs uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Zayniddin Zidan qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritdi. Ushbu bahsni himoyachilar Serxio Ramos, Daniel Karvaxal va Rafael Varan jarohati sabab o'tkazib yuborishadi. Shuningdek, hujumchi Eden Azar ham jarohatidan to'liq forig' bo'lmagani uchun o'yinda ishtirok etolmaydi.

«Real»ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko;

Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

«Real» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi o'yini Madrid klubining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.

BestMaster
10 Aprel 2021, 06:30
«real»ning, «barselona»ga, qarshi, oyini, uchun, qaydnomani, elon, qilindi, yoqotishlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
realmadridfans
 realmadridfans  
Faqat olg‘a Real Madrid
10 Aprel 2021, 22:25
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads