Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Biz Superkubogni yutish uchun "Bernabeu"da juda yaxshi o'ynashimiz kerak.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi Ispaniya superkubogining javob uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Rueda de prensa de Zidane

"Hamma narsa bo'lishi mumkin. Futbolda hech qanaqa bir aniq ma'lum narsa yo'q. Biz juda yaxshi o'ynashimiz kerak, chunki "Barselona" har qanday holatda bizga muammo yaratishi mumkin. Ular birinchi o'yinda vaziyatlarga ega bo'lgandi, shuning uchun yaxshi o'ynashimiz kerak. Biz birinchi o'yinda yaxshi o'ynadik, lekin biz qarama-qarshilikni oxirigacha yaxshi o'ynashimiz lozim".

Ular Neymarni o'rnini qanday to'ldirmoqchiligini bilmayman, lekin men bu borada uncha qiziqayotganim yo'q, chunki men faqat o'zimni jamoamga diqqatimni qaratganman. Bizda boshqa jamoalarni o'ylash uchun ko'p vaqt yo'q. Men faqat murakkab jamoaga qarshi ertangi o'yin haqida o'ylayapman. Ular katta faxrga ega bo'lgan jamoa va ular bu yerga o'yinni borishini sindirish ishtiyog'i bilan keladi. Biz tayyor bo'lishimiz kerak. O'ynaydigan jamoa eng yaxshi suratda o'ynashga harakat qiladi, men bunga shubham yo'q. Biz sergaklikni yo'qotmasligimiz kerak, chunki bizni qiyin o'yin kutib turibdi, birinchi o'yindan ham qiyinroq".

Asensio manziliga maqtov

"U juda yaxshi ishlayapti, xuddi butun jamoa kabi. Biz yaxshi ishlashni barchamiz xohlaymiz. Bizda ko'p turli xil o'yinlar bo'ladi va yil davomida turli xil jamoalarga qarshi duch kelamiz. Biz o'yinchi qachon o'ynashidan qat'iy nazar yaxshi o'ynashi uchun tayyorlanamiz".

Men va jamoadagilar juda jahlimiz chiqdi. Men hakamlar bilan aralashishni xohlamayman, lekin sodir bo'lgan holatdan keyin uni 5 ta o'yinga chetlatilishi bu yerda nimadir noto'g'riligiga o'ylashga majbur qiladi. Bu u uchun juda uzoq muddat. Men o'zimni javobimda juda aniq edim. Sodir bo'lgan holat sodir bo'ldi, lekin siz Krishtianu 5 ta o'yinga chetlatilish oldi, degan faktga qarasangiz, bu ko'pligini tan olasiz".

Qarorni bekor qilish haqida

"Umid qilamanki, ular yig'ilishganida, bunga yaxshilab qarashadi. Men sodir bo'lgan holatdan keyin u 5 ta o'yinga chetlatilganiga jahlim chiqdi. Men nima bo'lishini bilmayman. Men o'yinni yana ko'rganimdan keyin o'zimni qanday his qilsam shunday gapirayapman. Qanday qilib bu meni bezovta qilmaydi. Men hakamni ishiga aralashmayman, biz barchamiz xato qilishimiz mumkin, lekin sodir bo'lgan holatdan keyin u 5 ta o'yin chetlatilishi odamni jahlini chiqaradi".

Ronalduni kayfiyati haqida

"Har kim o'zini fikriga ega, lekin Ronaldu xafa, chunki u o'ynashni xohlaydi va qachonki u o'ynamasa, bu unga yoqmaydi, men ularni Krishtianu Ronalduga nisbatan nimadir qarshi tarafi yo'qligiga va odamlar o'zini ishini vijdonan qilayotganiga umid qilaman. Endi uni biz bilan uzoq vaqt birga bo'lmasligi bizni xafa qiladi. Biz ertaga nima bo'lishini ko'rish uchun kutamiz. Tartib-intizom qo'mitasi ertaga yig'ilmoqchi va bundan keyin biz nima qilishimizni ko'rib chiqamiz".

O'zini jamoasidan faxrlanishi

"Murabbiy qachonki rasmiy o'yinlar boshlanganida uni jamoasida hammasi joyidaligini kutadi. Biz bunga tayyor edik va 8-sanada biz juda yaxshi kurashdik, biz juda yaxshi kurashdik va yutuq bizni shaxsiyatimizni ko'rsatadi. Bu mavsum-oldi yig'indagi qattiq mehnat mahsuli. Biz shu kungacha qilgan ishlarimizdan xursandmiz, lekin bu uzun mavsum va oldimizda og'ir ish turibdi. Biz kundan kunga qarab boryapmiz. Men o'z jamoamdan va o'yinchilarimdan juda mamnunman. Barcha qoladi, lekin 31-sanagacha hamma narsa bo'lishi mumkin, bu meni nazoratimdan tashqarida".

"Men har bir o'yinchim qilgan ishidan faxrlanaman. Bu yergacha kelish oson bo'lmadi. Bizda ko'p iste'dodlar bor. Bularni ortida katta mehnat bor va men barchani: o'yinchilar, men bilan ishlayotgan va kadr ortida turgan insonlarni ishini qadrlayman. Biz barchani yaxshi ish bilan tabriklashimiz kerak. Bu uzun va qiyin mavsumni boshlanishi. Har kuni hammasi qiyinlashib boraveradi".

 

BestMaster
16 Avgust 2017, 10:10
zidan, superkubogni, yutish, uchun, bernabeuda, juda, yaxshi, oynashimiz, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads