Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real Madrid" APL chempionini ishonchli tarzda mag'lub etdi. Vinisiusdan dubl

ECHLning 1/4 finalidan o'rin olgan "Real" - "Liverpul" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" - "Liverpul" 3:1Gollar: 1:0 – 27 Vinisius Junior, 2:0 – 36 Asensio, 2:1 – 51 Salax, 3:1 – 65 Vinisius Junior.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema.

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Robertson, Kabak (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Diogu Jota (SHakiri, 81), Fabino, Salax, Keyta (Tiago Alkantara, 42).

Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).

Real Madrid

Vinicius Junior - 27', Marco Asensio - 36', Vinicius Junior - 65'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

07/04/2021, 00:00

1 : 3 Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 51'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45' 90' 27'  Vinicius Junior27'  Toni Kroos36'  Marco Asensio49'  Lucas Vazquez65'  Vinicius Junior65'  Luka Modric70'  Marco Asensio (Federico Valverde)85'  Vinicius Junior (Rodrygo)39'  Sadio Mane42'  Naby Keita (Thiago Alcantara)51'  Mohamed Salah56'  Thiago Alcantara81'  Diogo Jota (Xherdan Shaqiri)81'  Ozan Kabak (Roberto Firmino)83'  Trent Alexander-Arnold Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

90+4-daqiqa. "Liverpul"ning so'nggi urinishi ham xavfli chiqmadi hamda bosh hakam final hushtagini chaldi.  

90+3-daqiqa. Mezbonlar qarshi hujumda to'rtinchi golni urib ketishlari mumkin edi, lekin Rodrigoning uzatgan to'piga Vaskes etib kelolmadi.  

90+1-daqiqa. "Real" futbolchilari birgalikda Salaxga zarba berish uchun imkon qoldirishmadi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. "Liverpul" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. Keyin esa Vaskesga nisbatan qo'pollik ishlatildi.  

Har ikki jamoaning bazi futbolchilari raqib bilan to'qnashib, jarima zarbasi so'rab yiqilishdi, lekin Feliks Brix har safar o'yinni davom ettirishni talab qildi. Bugun germaniyalik hakam o'ynashga bermoqda va uncha-muncha kurashlarda hushtak chalib, jarima belgilayvermayapti.

85-daqiqa. O'zgarish! Vinisius o'rnini Rodrigoga bo'shatib berdi. 

83-daqiqa. Ogohlantirish! Trent Aleksander-Arnold oxiri Vinisiusga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ishlab oldi.

81-daqiqa. O'zgarish! Kabak va Diogu Jota o'rniga o'yinga SHakiri va Firmino qo'shildi.

80-daqiqa. "Real" to'pni shunchaki raqibga bermay, maydon bo'ylab olib yuribdi. 

77-daqiqa. Alkantara jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qilib, zarba berdi, lekin urinish omadsiz chiqdi va to'p ancha yuqoriga yo'l oldi.  

72-daqiqa. Salaxning uzatmasidan so'ng Jota boshi bilan to'pni darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, biroq noaniq.  

71-daqiqa. Vinisiusning uzatmasidan keyin Benzema zarba yo'lladi, lekin Allison to'pni egallab oldi.  

70-daqiqa. O'zgarish! "Real Madrid" safida o'yinchi almashdi. Marko Asensio o'rniga o'yinga Valverde qo'shildi. 

Bugungi bellashuvda faqat shuni ko'rmagandik :) Vinisius va Trent Aleksandr Arnold urishib ketishi mumkin edi, lekin unday bo'lmadi. 

Zinedin Zidan o'yinchi almashtirishga qaror qildi. Federiko Valverde maydonga tushishga tayyor.

Mezbonlar vaziyat ketidan vaziyatga ega bo'lishmoqda...

65-daqiqa. GOOOOOOOOL! Vinni 3:1. Junior dubl rasmiylashtirmoqda.

64-daqiqa. Xavfli vaziyat! Marko Asensio Trentni juda ham mensimay harakat qildi va to'pni sherigiga o'tkazib bera olmadi.

63-daqiqa. Ferlan Mendi jamoasini o'ta xavfli vaziyatda qutqarib qoldi. Franciyalik himoyachi Mane gol urib ketishiga yo'l qo'ymadi.   

61-daqiqa. Uzoq davom etgan kombinaciyani Kroos chap oyoqdagi zarbasi bilan yakunladi, lekin to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi.

Goh u jamoa, goh bunisi to'pni va u bilan birga o'yin nazoratini o'z tomoniga og'dirib, raqibning zaif nuqtalarini izlamoqda.  

59-daqiqa. "Real" jarima maydoni ichida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin himoyaga yordamga qaytgan Asensio foydali harakat qilib, to'pni uzoqlashtirishga erishdi. 

56-daqiqa. Ogohlantirish! Keyin Asensioga nisbatan qo'pollik sabab Alkantara ogohlantirildi.

55-daqiqa. "Liverpul"ning tezkor hujumini Militao boshi bilan to'pni qaytarib, uzib qo'ydi. 

54-daqiqa. O'z navbatida "Real" ham o'yinni bunday davom ettirib bo'lmasligini tushundi va oldinga o'tmoqda. 

Bo'limni ancha faol boshlagan mehmonlar oxiri niyatlariga etishdi va Salax yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalandi. 

51-daqiqa. GOOOOOOOOL! Salax farqni qisqartirdi. 

50-daqiqa. "Real" tezkor ravishda hujumga chiqishga urindi, lekin omadsiz. 

Uzatmadan keyin Kazemiro to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi. 

49-daqiqa. Ogohlantirish! To'pga ulgurmay, Jotaning oyog'iga zarba bergani uchun Lukas Vaskesga sariq kartochka ko'rsatildi.  

47-daqiqa. "Liverpul" ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridanoq vaziyatni o'zi tomonga og'dirish niyatida harakat qilmoqda. 

Maydon markazida qoida buzildi. Feliks Brix mezbonlar qoida buzdi deb topdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlanishi uchun barchasi tayyor! 

O'sha bir daqiqani "Liverpul" hujumda o'tkazmoqchi edi, lekin aytarli hujum bo'lmadi va mehmonlar oldinga o'tavermagach, hakam barchani tanaffusga taklif qiluvchi hushtagini chaldi. Hozircha o'yinning birinchi qismini yaxshiroq o'tkazgan "Real Madrid" oldinda — 2:0. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda biz bundanda hujumkor va yorqin o'yin guvohi bo'lamiz.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Standart vaziyat, uni Trent amalga oshirdi. Uzatmadan keyin hakam Filips jarima maydoni ichida Kazemiroga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topdi. 

42-daqiqa. O'zgarish! Kloppga o'yin borishi yoqmayotgani turgan gap. Va germaniyalik murabbiy buni ochiqchasiga ko'rsatib, 42-daqiqadayoq o'yinchi almashtirishga qo'l urdi. Keyta o'rniga Tyago.

39-daqiqa. Ogohlantirish! Maydon markazida qo'pol harakat qilgani uchun Sadio Mane ogohlantirildi. 

Yana Toni Kroosning yaxshi uzatmasidan keyin Trent to'pni Vinisiusga o'tkazmaslik uchun Asensioga tashlab berdi... 

36-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Marko Asensio oradagi farqni ikkitaga oshirdi!  

35-daqiqa. "Liverpul" bu safar ham Manening qanotidan oldinga o'tishga urindi, lekin hujum boshlanmay, yakuniga etdi.

34-daqiqa. O'ng qanotdan Vaskes oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga etkazdi, lekin Benzema to'p himoyachilardan o'tishini kutmagandi chog'i, zarba berolmay qoldi. 

33-daqiqa. Burchak to'pidan keyin Marko Asensio zarba berdi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

31-daqiqa. O'yin tempi ancha oshdi. Avvaliga Benzema imkoniyatga ega bo'layotganida yiqildi va hakamga umid bilan boqdi, lekin Brix hech nima yo'q dedi. Qarshi hujumda esa avvaliga Salaxga imkoniyat qoldirishmadi, keyin esa Keyta zararsizlantirildi.

29-daqiqa. "Liverpul" endi baxtini hujumdan izlashi turgan gap. SHunday hujumlardan birini Mane tashkillashtirib berdi, chap qanotdan oldingan o'tgan Sadioning uzatmasidan keyin Kurtua osonlik bilan to'pni egallab oldi. 

27-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Vinisius hisobni ochdi! Uzun pasdan keyin Vinisius markaziy himoyachilarning sustkashligidan unumli foydalandi va qulay nuqtaga chiqib borib, darvozani ishg'ol etdi.

25-daqiqa. Karim Benzema zarbaga imkon topdi, lekin Kabak to'p darvozagacha etib borishiga yo'l qo'ymadi. Turkiyalik futbolchi hozircha ancha ishonchli o'yin ko'rsatmoqda.  

Hozircha har ikki jamoa ham raqibiga nisbatan kuchli hurmat bilan harakat qilmoqda. Hujumga o'tishda hech bir futbolchi ortiqcha shoshilmayapti.

21-daqiqa.&n

BestMaster
7 Aprel 2021, 02:00
real, madrid, chempionini, ishonchli, tarzda, maglub, etdi, vinisiusdan, dubl,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads