Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar Ligasi qirollari. Yoxud musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar

Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar

.
- Yuklab olish

Klublar mavsumi xalqaro terma jamoalar o'yinlaridan so'ng, yana o'z o'rniga qaytdi. O'tgan hafta ichki chempionatlar doirasida birdan-bir qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Bugundan esa Chempionlar Ligasining chorak final uchrashuvlari boshlanadi. Bu turnir tomoshabinlarga qiziqarli uchrashuvlar, kutilmagan natijalar va ajoyib gollar tuhfa etishi tayin. Keling, shu munosabat bilan mazkur musobaqa doirasidagi qiziqarli ma'lumotlar haqida suhbatlashamiz. Hozir biz sizlarga Chempionlar Ligasi musobaqasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar haqida ma'lumot beramiz. Demak, EChL doirasidagi eng yaxshi top-10 to'purarlar.

Tomas Myuller (122 uchrashuv, 47 gol)

Myuller hozirda 31 yoshda, ammo u allaqachon "Bavariya"ning afsonaviy futbolchilaridan biriga aylanib ulgurgan. Tomas butun faoliyatini Myunxen klubida o'tkazadi va jamoa bilan barcha yutish kerak bo'lgan sovrinlarni qo'lga kiritdi. O'zining o'yinlari bilan nemis futbolchisi "Bavariya"ga nafaqat ichki chempionatda, balki Evropa maydonlarida ham yordam berib kelmoqda. Myuller asosan "nemis mashinasi" tarkibida hujumchi ortida harakat qiladigan futbolchi hisobladi. Ammo, Tomas o'zining goleadorlik qobiliyati bilan ham, bemalol ko'p hujumchilarga "dars o'tib" qo'yadi. Shunday qilib, Tomas allaqachon Evropa klublari orasidagi eng nufuzli turnirda 47 marta raqiblar posbonini ranjitgan va futbolchi bu bilan to'xtab qolmoqchi emas. Chorak final doirasidagi "PSJ"ga qarshi uchrashuvda Levandovski "Bavariya" tarkibida maydonga tusha olmaydi. Shuning uchun ham mazkur bahsda masuliyatni, aynan Tomas Myuller elkasiga oladi. Bu esa futbolchining yana gol urishiga olib kelishi mumkiin.

Zlatan Ibragimovich (120 uchrashuv, 48 gol)

Ibragimovich faoliyati davomida ko'plab klublarda o'ynagan va ko'plab turnirlarda qatnashgan. Shuningdek, Zlatan har bir mamlakatda qandaydir sovrinlarni qo'lga kiritgan. Ammo 39 yoshli hujumchi hali bitta turnirda g'alaba qozonmagan. Bu - Chempionlar Ligasi. Bundan tashqari, "Milan" hujumchisi hech qachon Chempionlar Ligasi finaliga chiqa olmagan. Shu bilan birga, eng qizig'i shundaki, Ibragimovich UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va Evropa Ligasini yutgan. Zlatan "rossonerlar" bilan Chempionlar Ligasiga qaytmoqchi va uning xohishi tushunarli. Ammo shved hali ham "shalpangquloq" kubokni boshi uzra ko'tarish nasib qilmagan. Lekin, shunday bo'lsa-da, ushbu futbolchi mazkur musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar kuchli o'nligining, 9-o'rinidan joy olgan. Hozirgacha, Zlatan Chempionlar Ligasida 120 uchrashuvda maydonga tushib, 48 gol urishga erishgan.

Andrey Shevchenko (100 uchrashuv, 48 gol)

Ukraina terma jamoasining amaldagi murabbiyi bir paytlar Chempionlar Ligasida ajoyib natijalar ko'rsatgan. Qizig'i shundaki, Shevchenko uch marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi, ammo atigi bir marta turnir g'olibiga aylandi. Bu 2002/03 yilgi mavsumda sodir bo'lgan. O'shanda Milan Italiya Superkubogini yutgan. Shundan so'ng, afsonaviy ukrainalik futbolchi "rossonerlar" bilan yana bir marta va keyinchalik "Chelsi" bilan Chempionlar Ligasi finalini o'tkazdi, ammo boshqa "shalpangquloq"ni yutish nasib qilmadi. Chempionlar Ligasining 2 finalida yutqazish, albatta, yoqimsiz holat, lekin Shevchenko hech narsadan afsuslanmasa kerak. Shevchenko faoliyati davomida Chempionlar Ligasida 100 uchrashuv o'tkazgan bo'lib, ushbu bahslarda 48 marta tabloga nomini yozdirib qo'yishga erishgan.

Terri Anri (112 uchrashuv, 50 gol)

Hozircha Anrining murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatli o'tmoqda deb aytish mumkin emas, ammo u ajoyib futbolchilik davri bilan bemalol maqtana oladi. Frantsuz 2005/06 yilgi mavsumda ilk bor "Arsenal" bilan Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan edi, ammo yakuniy uchrashuvda "Barselona"ga imkoniyatni boy berib qo'yadi. Oradan 3 yil o'tib, sobiq hujumchi Kataloniya klubi bilan Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni uddaladi. "Ko'k-anorranglilar" bilan birgalikda Anri deyarli yutishi kerak bo'lgan hamma musobaqada g'alaba qozondi. Shundan keyin, karerasini oxirgi yillarini MLSda o'tkazishga qaror qildi va Amerika klubiga ko'chib o'tdi. va toza vijdon bilan karerasini yakunlash uchun MLSga yo'l oldi. Butsasini mixga ilgandan keyin, "Arsenal", "Monako" va "Monreal Impakt" kabi jamoalarda ishladi. Qolaversa, Belgiya terma jamoasi safida ham yordamchi murabbiy bo'lib, bir muddat faoliyat olib bordi. Anri faoliyati davomida Chempionlar Ligasida 112 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 50ta golni yozdirib qo'yga
n.

Rud van Nistelroy (73 uchrashuv, 56 gol)

Van Nistelroy Chempionlar Ligasida eng kam o'yin o'tkazgan yulduz futbolchi ham hisoblanadi. Ammo, futbolchi 73 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 56 gol yozdirib qo'yishga erishgan. Bu esa ajoyib natija hisoblanadi. Yana bir qiziq ma'lumot shundaki, gollandiyalik futbolchi hech qachon Chempionlar Ligasi finalida qatnashmagan. Ushbu kubok, xuddi Zlatan Ibragimovichga bo'lgani kabi, Nistelroyga ham armon bo'lib qolgan. Bunga futbolchi na "Manchester Yunayted" bilan, na "Real" bilan erisha oldi. Hozirda Rud "PSV" yoshlar jamoasi murabbiyi vazifasida ishlab kelmoqda. Ehtimol, futbolchilik faoliyatida erisha olmagan kubogini, murabbiy sifatida qo'lga kiritar. Kuzatamiz.

Karim Benzema (126 uchrashuv, 70 gol)

Benzema - bu so'nggi paytlarda ko'p gapirilayotgan futbolchi. Bunga ikki sabab bor. Bular "Real Madrid" jamoasi qutqaruvchi vazifasini bajarayotgan bo'lsa, ikkinchisi Matyo Valbuena bilan bog'liq muammo sabab. Ko'plab ekspertlar va mutaxasislar: "agar, Karim ko'p yillar davomida Krishtianu Ronalduning soyasida yurmaganida, hozirga qadar juda ko'p individual natijalarga erishishi mumkin edi", - degan fikrlarni ilgari surmoqda. Ammo, ancha payt "qaymoqranglilar" safida ikkinchi raqamli futbolchi bo'lgan bo'lsa-da, bu holat uning Chempionlar Ligasidagi natijalariga katta ta'sir o'tkazmagan. Hozirgacha, frantsuz futbolchisi ushbu musobaqada 70 gol urishga erishgan. Buning uchun Karim 126 uchrashuvda qatnashishi kerak bo'ldi. Bundan tashqari, Benzema 4 marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganini ham aytib o'tish ekrak. Benzema umuman olganda ayni paytda yaxshi harakat qilmoqda. Shubhasiz, Karim bizning zamonamizning eng sovrindor futbolchilaridan biri bo'lib, u hali ham 2-3 yil davomida yuqori darajada o'ynay oladi.

Raul (142 uchrashuv, 71 gol)

"Real" tarixidagi yana bir muhim futbolchilardan biri, bu - Raul. Ushbu futbolchi "qaymoqranglilar"ning sobiq sardori va hozirgi kunda madridliklarning yoshlar jamoasi murabbiyi hisoblanadi. Madrid jamoasi akdemiyasidan chiqqan futbolchi, ikki yil muddat Ispaniya poytaxtining boshqa bir jamoasi "Atletiko" safida o'ynagan. Ammo, 1994 yildan, to 2010 yilgacha "Real" safida haqiqiy etakchiga aylangan. Qizig'i shundaki, futbolchi "Qirollik klubi" bilan birga hech qachon Qirol kubogini yutmagan, ammo sobiq hujumchi 3 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Bu esa juda yaxshi natija hisoblanadi. Qolaversa, ispaniyalik futbolchi 71 gol bilanChempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri hisoblanadi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Raul Zidan "Real" murabbiyligidan ketgandan keyin, uning o'rnini katta ehtimol bilan aynan Raul egallaydi. Balki, bular shunchaki, mish-mishdir. Voqealar rivojini esa kuzatamiz.

Robert Levandovski (96 uchrashuv, 73 gol)

Levandovski ko'p yillar davomida "Bavariya"ning asosiy hujum kuchi sifatida e'tirof etiladi. Myunxen klubiga kelguniga qadar, futbolchi Dortmundning "Borussiya" jamoasi tarkibida bir necha ajoyib mavsumlarni o'tkazgan. 2012/13 yilgi mavsumda futbolchi "arilar" bilan Chempionlar Ligasi finaligacha etib kelishgan. Ammo, dortmundliklar azaliy raqibi "Bavariya"ga imkoniyatni boy berib qo'yadi. Keyinchalik polshalik "nemis mashinasi" tarkibiga ko'chib o'tdi. Shundan so'ng, Robert 7 yil davomida Chempionlar Ligasi finalida qatanashishni kutib yashadi. Vanihoyat, o'tgan yili ushbu turnir g'olibiga aylandi. Levandovski Chempionlar Ligasida Hozirgacha 96 uchrashuv o'tkazgan bo'lib, shu uchrashuvlarda 73 marta gol urishga erishgan. Myunxenliklar tarkibida futbolchi o'tgan yili ajoyib mavsum o'tkazishdi va Evropa klublari erishishi kerak bo'lgan barcha kubokka ega chiqdi. Bu yil ham ushbu natijani takrorlash uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Faqatgina chorak finalda "PSJ" to'sig'idan o'tishi talab etiladi.

Lionel Messi (149 uchrashuv, 120 gol)

Messi uchun, ehtimol boshqa ko'plab futbolchilar uchun ham Chempionlar Ligasi alohida turnir. Leo Chempionlar Ligasida 4 marta g'olib chiqqan. Ammo, argentinalik futbolchi boshchiligidagi "Barselona" 7 yildan beri Chempionlar Ligasi finaliga chiqa olmayapti. Bu albatta, kataloniyaliklar muxlislari uchun yoqimsiz holat. Argentinalik futbolchi o'zi ishtirok etgan Chempionlar Ligasining barcha finallarida g'alaba qozongan. Oxirgi marta "ko'k-anorranglilar" 2015-yilda "shalpangquloq" kubokka ega chiqishgan edi. Lekin, shunday bo'lsa-da, Kataloniya klubi doimo asosiy da'vogarlar qatorida e'tirof etilaveradi. Bunga esa albatta Messi kabi futbolchiga ega bo'lgani sabab bo'ladi. Leo haqiqatdan ham, etakchi va sardor. Argentinalik Chempionlar Ligasida 149 marta maydonga tushgan va 120 gol urishga erishgan.

Krishtianu Ronaldu (175 uchrashuv, 134 gol)

Barcha futbolchilar Chempionlar Ligasida qatnashib, iloji boricha uzoqroqqa borishni xohlashadi. Ronaldu ham shular qatorida. Krishtianu Chempionlar Ligasi o'yinlariga alohida, astoydil tayyorgarlik ko'radi. Buni statistikalarning o'zi ham gapirib turibdi. Ayni paytda portugaliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Bundan tashqari, futbolchi ushbu musobaqada boshqa o'yinchilarga nisbatan ko'proq g'oliblikka erishgan. Krishtianu hisobida 5ta Chempionlar Ligasi medallari mavjud: 1 martasini "Manchester Yunayted" bilan g'alaba qozongan bo'lsa, 4 marta "Real Madrid" jamoasi bilan g'oliblikka erishgan. 2018-yilda futbolchi "Yuventus" bilan ham ushbu natijani qayd etaman etaman deb, Turinga ko'chib kelgandi. Ammo, oradan 3 mavsum o'tsa-da, Ronaldu va "keksa sinyora"ni omadi kelmayapti. 36 yoshli Krishtianu faoliyati davomida 175 marta Chempionlar Ligasida o'yin o'tkazgan bo'lib, 134 marta raqiblarini ranjitishga erishgan. Ajoyib natija, ajoyib futbolchi. Shunday emasmi?!

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
6 Aprel 2021, 15:00
chempionlar, ligasi, qirollari, yoxud, musobaqa, tarixidagi, yaxshi, topurarlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads