Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» — «Liverpul», «Manchester Siti» — «Borussiya D» uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ma'lum bo'ldi

UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida o'tadigan 5 aprel, seshanba kungi o'yinlar uchun hakamlar tayinladi.

.
- Yuklab olish

UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida o'tadigan 5 aprel, seshanba kungi o'yinlar uchun hakamlar tayinladi.

«Real» va «Liverpul» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Feliks Brix boshchiligidagi germaniyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mark Borsh va Shtefan Lupp yordam beradi. To'rtinchi hakam — Tobias Shtiler. Videotakrorlarga Marko Frits va Sasha Shtegemann javob beradi.

«Manchester Siti» — «Borussiya D» bahsiga esa ruminiyalik Ovidu Hatsegan tayinlangan. Unga vatandoshlari Oktavian Shovre va Sebastyan George yordam beradi, to'rtinchi hakam — Ishtvan Kovach. VAR tizimida italiyaliklar ishlaydi — Marko di Bello va Paolo Valeri.

Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan 5 apreldan 6 aprelga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida kechgan PSJ — «Istanbul Bashakshehir» o'yinida Hatsegan jamoasi ishlagandi. O'shanda zaxira hakami Sebastyan Kolsesku istanbulliklar vakili Per Veboni «qora yigit» deb atagani uchun irqchilikda ayblangandi. Biroq UEFA keyinchalik hakamning so'zlaridan irqiy kamsitish topilmaganini ma'lum qilgandi.

BestMaster
4 Aprel 2021, 20:30
«real», «liverpul», «manchester, siti», «borussiya, uchrashuvlarini, boshqarib, boradigan, hakamlar, malum, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
4 Aprel 2021, 22:42
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads