UEFA rasmiy sayti Chempionlar Ligasining chorak finali dastlabki uchrashuvlaridan ishlaydigan hakamlar nomini ma'lum qilmoqda.
Unga ko'ra, «Real» hamda «Liverpul» o'yiniga germaniyalik Feliks Brix boshchiligidagi hakamlar brigadasi tayinlandi.
Qanotlarda, Mark Borsh va Shtefan Lupplar ishlaydi. VAR uchun mas'ul hakam Marko Fritts, zaxira hakami esa Tobias Shtiler.
Eslatib o'tamiz, «Real» - «Liverpul» uchrashuvi 6 aprel kuni Madrid (Ispaniya) da bo'lib o'tadi.