Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga tarixidagi eng yaxshi futbolchilar. Messi birinchi, Ronalduchi?

 Football Whispers nashri La Liganing barcha zamonlarning eng yaxshi 10 nafar futbolchisini aniqladi.

.
- Yuklab olish

Football Whispers nashri La Liganing barcha zamonlarning eng yaxshi 10 nafar futbolchisini aniqladi. Hozir esa biz sizlarga mazkur ro'yxatni taqdim etamiz. 

10. Ladislav Kubala

Tarixdagi o'nta eng yaxshi futbolchini tanlash juda qiyin, ayniqsa gap La Liga singari chempionat haqida ketganda. Ammo, mazkur chempionat futbolchilarini taqqoslash doimo qiziq. Bizning ro'yxatimiz ellikinchi yillarda porlagan venger Ladislav Kubala bilan boshlanadi. U 1951 yilda "Barselona"dagi faoliyatini boshladi. Dastlab hech kim Kubalani Kataloniya klubida o'ynab ketishiga ishonmagan edi. Ladislav esa o'z gollari bilan tanqidchilarning og'zini yopib qo'ydi.
"Barsa" tarkibidagi birinchi mavsumida Kubala ajoyib o'yin ko'rsatdi, 19 o'yinda 26 gol urdi. Shu qatorda "Sporting Xixon" klubiga qarshi bitta o'yinda 7 gol, "Selta"ga 5 gol va ikkita marta xet-trik qayd etganini ham aytib o'tish kerak. O'sha mavsum "Barsa" uchun o'z tarixidagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan biriga aylandi: jamoa chempionat, kubok va Ispaniya superkubogini qo'lga kiritdi. Ladislav "Barsa"ni 280ta gol va 11 sovrin bilan 1961 yilda tark etgan.

9. Iker Kasilyas

Kasilyas bu ro'yxatdan joy olgan yagona darvozabon. Jahon va ikki karra Evropa chempioni "Real"ga juda yoshligida qo'shilgan. Iker "qaymoqranglilar" safida debyutini amalga oshirganda, bor yo'g'i 18 yosh edi. O'sha mavsumda Kasilyas Chempionlar Ligasidagi eng yosh darvozabonga aylandi, shuningdek "shalpangquloq" kubokni o'z faoliyatida birinchi marta yutdi. Sezganingizdek, gap 1999/00 yilgi mavsum haqida ketmoqda.
Umuman olganda, Kasilyas "Real" tarkibida 725 marta maydonga tushgan. Ispan darvozaboni mazkur uchrashuvlarning 177 martasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Uning sovrinlari qatorida 5ta Ispaniya chempionlidi, 2ta Ispaniya kubogi, 3ta Chempionlar Ligasi, 2ta UEFA superkubogi, 1ta qit'alararo kubok va 1ta Klublar o'rtasidagi JCh oltin medallari mavjud

8. Raul

Raul "Real" tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Shuning uchun ham uni bu yo'yxatga kiritmasak, adolatdan bo'lmasdi. Ispan futbolchisining faoliyati juda qiziqarli. U "Real" dagi karerasini 15 yoshida dushman "Atletiko"dan ko'chib o'tish bilan boshlagan. Hujumchi shunday ajoyib o'yin ko'rsatardiki, Raulni darhol asosiy jamoaga jalb etishdi va klub tarixidagi eng yosh o'yinchiga aylandi. Yana bir qiziq ma'lumot, hujumchining birinchi professional golini, aynan "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda kiritgan.
Faoliyati davomida Raul olti marta Ispaniya chempioni bo'ldi va uch marta Chempionlar Ligasidagi g'olibligini nishonlagan.

7. Dani Alvesh

Endi navbat - himoyachilarga. Tarixdagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi Dani Alvesh ekanligi haqida hech kim bahslasha olmasa kerak. U "Barselona"ga ko'chib o'tgach, darhol jamoaning ajralmas bo'lagiga aylandi. 2008 yildan, 2016 yilgacha Alvesh kataloniyaliklarga 3 marta Chempionlar Ligasi kubogi, beshta Ispaniya kubogi va oltita La Liga chempionligini yutishiga yordam berdi.

Umuman olganda uning hisobida 400dan ortiq o'yin bor. Brazilyalik futbolchi nafaqat himoyada, balki hujumlarda ham yaxshi edi. Ispaniyada Dani doimiy ravishda gollar yaratishda qatnashgan. Uning hisobida 247 uchrashuvda, 14 gol mavjud.

6. Frantsisko Xento

Xentoning kuboklar javoniga bir qarashning o'zi, uni La Liga tarixidagi eng buyuk o'yinchi deb atash uchun etarli bo'ladi. Nima uchun? Chunki, hech kimda undagi kabi 12ta La Liga chempionligi oltin medallari yo'q. Bundan tashqari, Frantsisko nafaqat Ispaniyada, balki unda oltita Evropa chempionlar kubogi ham bor - bu yana bir rekord!

Xento tezligi bilan juda mashhur bo'lib, shu tufayli u raqib himoyachilarini doimo ortda qoldirgan. Hujumchi 438 marta Ispaniya chempionati doirasida maydonga tushgan. Xento faoliyati davomida "Rasing"da, keyinchalik esa "Real Madrid" jamoasida o'ynagan. Qo'lga kiritgan medallarining asosiysini Madrid klubi safida qo'lga kiritganini ham aytib o'tishimiz kerak.

5. Serxio Ramos

Serxio Ramos Ispaniya futboli tarixidagi eng buyuk himoyachilardan biri hisoblanadi. U "Sevilya" akademiyasi futbolchisi hisoblanadi, ammo "Real" tezda yosh futbolchini o'z jamoasiga taklif qilgan. Serxio Madridda 2005 yildan beri to'p tepib keladi va poytaxt jamoasiga sadoqatini namoyish etib kelmoqda.
Mutaxasislarning fikricha, Ramos himoyada o'tib bo'lmaydigan devor hisoblanadi. Himoyachi ham markazda, ham qanotda ham o'ynay oladi. Bundan tashqari, Serxio allaqachon 100 ta gol urib, chempionat tarixidagi eng ko'p gol urgan himoyachiga aylandi. Shuningdek, u "Real Madrid" formasida 500 dan ortiq uchrashuv o'tkazgan. Qolaversa, Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi 178ta o'yinni ham aytib o'tish zarur.

4. Xavi va Andres Inesta

4-pog'onadan nega ikkita futbolchi joy olgan deb o'ylayotgandirsiz. Hozir sababini tushuntiraman. Agar, biz bu ikki futbolchini bir-biridan ajratsak, ularning yutuqlari orqa fonda qolib ketadi. Ha, bi ikki yarim himoyachini ajratib e'tirof eta olmaymiz. Yoshi biroz kattaroq Xavi 1998 yilda "Barselona" La Ligada g'alaba qozongan mavsumda debyutini amalga oshirgan. 2002 yilda Andres Inesta ham kataloniyaliklar yarim himoyasida paydo bo'lguncha bu Xavining yagona sovrini edi. Ispaniyalik tandem shu qadar kuchli ediki, o'n yildan oshiq vaqt davomida "Barselona"ni ularsiz tasavvur qilib bo'lmas edi.

Birinchi medaldan tashqari, Xavi Inesta bilan yana ettita La Liga chempionligini yutdi. Ularning eng yaxshi mavsumi 2012/13 yil hisoblanadi. O'shanda "Barsa" 100 ochko bilan La Liga rekordini ta'qib qilgan. Xavi ketganidan keyin Inesta o'ynashda va g'alaba qozonishda davom etdi. Ammo bari-bir, Andres uchun do'sti bilan bilan o'ynash yoqimli bo'lgan. Ular birgalikda to'rt marta Chempionlar Ligasi kubogini yutishgan edi. Ammo ushbu juftliksiz kataloniyaliklar hech qachon chorak finaldan nariga o'ta olamagan.

3. Krishtianu Ronaldu

Ko'p muxlislar mazkur o'ringa kelganda e'tiroz bildirishi aniq. Shoshilmang: mazkur ro'yxatda hech kim Ronaldu va Messini bir-biri bilan taqqoslamoqchi emas. Bu shunchaki, eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ro'yxat. Ronaldu boshqa chempionatlarda o'ynaganligi sababli, biroz pastroq o'rindan joy oldi. Ronaldu hozirda Italiya chempionatida to'p surmoqda, lekin ispanlar uni hech qachon unutmaydi. Chunki, Krishtianu "Real" safida o'chmas iz qoldirishga erishgan.
Ronaldu Madrid jamoasi safida 438 o'yinda, 451ta gol urishga erishgan. Bu esa bitta o'yinda bitta goldan ko'proq! La Liganing o'zida, portugaliyalik 292 o'yinda 311 gol va 96 golli pas berishga erishgan.

Krishtianu yordami bilan "qirollik klubi" kuboklari sonini ko'paytirdi: Chempionlar Ligasidagi to'rtta g'alaba (Ronaldu mazkur chempionatda "Real" safida 105 gol urgan), ikkita Ispaniya kubogi kabi sovrinlarga ega chiqqan. Ronaldu "qaymoqranglilar" tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanib, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

2. Alfredo Di Stefano

Alfredo Di Stefanoning buyukligini inkor etib bo'lmaydi. U shunchalik yaxshi ediki, hatto Ronaldudan yuqoriroqda joy olgan. Qizig'i shundaki, argentinalik futbolchi faoliyatining boshida "Real"da ham, "Barsa"da ham o'ynashi mumkin edi - ikkala klub ham futbolchi uchun kurash olib borishgan. Ammo kataloniyaliklar futbolchini "qaymoqranglilar"ga boy berib qo'yishdi. Bu katta xato edi.

Alfredo Di Stefano Madridda o'n yildan ko'proq vaqt o'ynagan va u erda sayyoradagi eng buyuk o'yinchi deb nomlanish huquqiga ega ekanligini isbotladi. Alfredo ko'p gol kiritishi bilan nom qozongan. Futbolchi "Real"da 396 uchrashuvda 308 gol urishga erishgan. Di Stefano bilan "Real Madrid" ketma-ket beshta Evropa kubogini, shuningdek sakkiz marta La Liga kubogi va bitta Ispaniya kubogini yutgan holda dunyoning eng kuchli klubiga aylandi. Qolaversa, Di Stefano ikki karra "Oltin to'p" sohibi ekanligini ham unutmaylik

1. Lionel Messi

Siz kim birinchi pog'onadan joy olganligini, allaqachon bilgandirsiz. Ha, bu - Leo Messi. Argentinalik kichkina sehrgar 13 yoshida "Barselona"ga kelib, nafaqat klubning eng buyuk futbolchisiga, balki ko'pchilikning fikriga ko'ra dunyodagi eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi. Uning erishgan barcha yutuqlarini ko'rib chiqsak, ancha vaqt ketib qolishi mumkin.

Leo La Liga, Chempionlar Ligasi, Ispaniya kubogi, superkubogi, UEFA superkubogi, klublar o'rtasidagi JCh kabi musobaqalarda g'alaba qozongan. Uning hisobida 36ta xet-trik bor. 2011-12 yilgi mavsumda Messi 37 o'yinda 50ta gol urishga erishgan - bu tarixdagi ikkinchi eng yaxshi natijadir. Shuningdek, argentinalik hisobida 6ta oltin to'p sovrini ham mavjud.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
2 Aprel 2021, 21:30
liga, tarixidagi, yaxshi, futbolchilar, messi, birinchi, ronalduchi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Роналду н1 га қуйиш керак
2 Aprel 2021, 22:19
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads