Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan mavsum yakunida "Real"ni tark etishi mumkin

Madridning "Real" klubi uchun bu mavsum omadsiz yakunlanib, jamoa mavsum oxirida birorta ham sovrin qo'lga kirita olmasa "qaymoqranglilar" murabbiyi Zinedin Zidan jamoani tark etishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi uchun bu mavsum omadsiz yakunlanib, jamoa mavsum oxirida birorta ham sovrin qo'lga kirita olmasa "qaymoqranglilar" murabbiyi Zinedin Zidan jamoani tark etishi mumkin.

AS nashrining xabar berishicha, argentinalik Maurisio Pochettino PSJga murabbiy bo'lishi madridliklar rejalarini o'zgartirib yuborgan. Chunki, Pochettino Zizu o'rniga asosiy davogar edi. Shunday qilib, Peres boshchiligidagi rahbariyat oldida ikkita variant qoldi. Birinchisi – Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov, u yozda Bundestimni tark etadi. Ikkinchisi – "Real"ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi va jamoa afsonasi Raul Gonsales Blanko. U 2019 yildan beri "Kastiliya" murabbiyi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" ayni vaqtda La Ligada 28 o'yindan so'ng 3-o'rinni egallab turibdi. Shuningdek, klub hali EChLda yurishini davom ettirmoqda.

BestMaster
2 Aprel 2021, 21:00
zidan, mavsum, yakunida, realni, tark, etishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Зидан окага омад
2 Aprel 2021, 22:17
 shrek  
Bu yolg'on malumot
3 Aprel 2021, 05:08
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads