Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Birinichi sovrin, terma jamoadagi debyut, Jahon va Evropa chempioni Serxio Ramosning ajoyib faoliyati haqida

Hozir esa biz sizlar bilan Ramosning butun faoliyati davomidagi 10ta muhim suratni namoyish etamiz.

.
- Yuklab olish

Serxio Ramos - afsonaviy ispaniyalik himoyachisi. Faoliyati davomida, uning ko'plab shaxsiy va jamoaviy mukofotlar mavjud, Serxio Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni va ikki marta Evropa chempioni bo'ldi.

2021 yil 30-mart, seshanba kuni Ramos 35 yoshga kirdi, ammo yoshiga qaramay, futbolchi "Qirollik klubi" va milliy terma jamoaning himoyasida sezilarli darajada yordam berib kelmoqda. Hozirda ispaniyalik futbolchi dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Hozir esa biz sizlar bilan Ramosning butun faoliyati davomidagi 10ta muhim suratlarni namoyish etamiz.


Serxio Ramos Garsiya 1986 yilda Ispaniyaning Kamas shahrida (Sevilya viloyati) tug'ilgan. Uning otasi menejer bo'lib ishlagan, onasi esa bolalarni tarbiyalash bilan shug'ullanadigan uy bekasi bo'lgan. Oilada 3 nafar farzand bo'lgan Serxio, akasi Rene va singlisi Miriyam.

Ramosning otasi ham yoshligida mahalliy "Sevilya" jamoasida futbol o'ynagan, ammo tizzasidan jarohat olganligi sabab faoliyatini tugatishga majbur bo'lgan. Serxio bolaligidanoq futbolga qiziqishni boshlaganda, otasi garchi oila moddiy jihatdan qiynalayotgan bo'lsa ham, 6 yoshli o'g'lini mahalliy jamoaga yubordi.
10 yoshida Ramos "Seviliya" jamoasi akademiyasiga keladi va o'zini juda yaxshi ko'rsatishga erishadi. U klub akademiyasiga qabul qilindi. Shundan keyin himoyachi yoshlar jamoalarida o'ynay boshladi. Uning iste'dodini murabbiylar yuqori baholashdi, keyinchalik sevilyaliklar dubl jamoasiga yo'l oldi va 18 yoshiga kelib, jamoaning asosiy jamoasida o'ynashni boshladi.

2004/05 yilgi mavsumda Ramos "Sevilya" tarkibida UEFA Kubogida ham o'yin o'tkazgan. 2005 yil 26 martda himoyachi Ispaniyaning asosiy terma jamoasida debyut qildi va Xitoyga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida zaxiradan maydonga qo'shilgan edi. O'sha paytda Ramos hali 18 yoshda edi va 4 kundan keyin o'zining 19 yoshini nishonladi. Serxio 1941 yildan beri "Qizil furiya" tarkibida o'ynagan eng yosh futbolchiga aylangan.

Bunday iqtidorli himoyachini top-klublar - Ispaniyaning "Real", "Barselona" hamda Angliyaning "Manchester Yunayted" klublari tezda payqashdi. Natijada, 2005 yil yozida Ramosni "Qirollik klubi" 27 million evroga sotib oldi.
"Siz "Sevilya" futbolchisi sifatida uyg'onasiz va "Real" himoyachisi sifatida yotasiz. O'sha paytda juda yosh edim, tajribam ham yo'q edi va Madrid jamoasining echinish xonasini Raul, Bekxem, Zizu, Iker, Roberto Karlos, Ronaldo va men. Poytaxtdagi davr boshlangan edi."- deydi Ramos o'zining "Real"ga ko'chib o'tgandan keyin.

Birinchi mavsumning o'zida Ramos qanot himoyachisi sifatida kurashda g'alaba qozondi va "Real Madrid"ning asosiy tarkibdagi o'yinchiga aylandi. Keyingi yil esa "Qirollik klubi" bilan birgalikda Ispaniya chempioniga aylandi. Keyinchalik, 2010 yilgi mavsumdan Ramos chap qanot himoyachisi pozitsiyasidan, mudofaa markaziga ko'chib o'tdi.
2005 yildan beri futbolchi Ispaniya terma jamoasining asosiy o'yinchisi hisoblanadi va 2008 yilda jamoa bilan birgalikda Evropa chempionatida g'olib chiqdi. Ushbu muvaffaqiyatga Ramos katta hissa qo'shdi, shuningdek terma jamoada o'z o'rnini mustahkamlab oldi.

2010 yilda Ramos Ispaniya terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonishdi. O'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynab, jamoasining finalga chiqishiga yordam berdi. Ushbu chempionatda "qizil furiya" Gollandiyani mag'lub etishdi (1:0).
2010 yilgi Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Ramos ramziy jamoaga ham kiritildi. Qolaversa, 2012 yilda ispanlar Ramos bilan birgalikda yana Evropa chempionligini qo'lga kiritishdi.

 

2012 yil oxirida Ramos ilk marta "Malaga"ga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichi bilan "Real"ni maydonga olib chiqdi, ammo keyingi uchta uchrashuvni o'tkazib yubordi. Keyinchalik, yanvar oyi oxirida Serxio yana "Xetafe"ga qarshi duelda (4:0) sardor bo'lgan va ushbu uchrashuvda hisobni ham ochgan.

2013/14 yilgi mavsumda "Real" 12 yil ichida birinchi marta Evropaning klublari orasidagi eng yirik musobaqasi - Chempionlar Ligasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi va bu sovrin ushbu musobaqadagi Ramos uchun birinchisi bo'ldi.
Aynan o'sha mavsumda Ramosning gollari qaymoqranglilarning g'alabasida muhim rol o'ynagan. Hozirda Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan "Bavariya"ga qarshi himoyachining dubli "Qirollik klubi"ni finalga olib chiqqan edi. Madridning "Atletiko"siga qarshi hal qiluvchi uchrashuvda Ramos bosh bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi va o'yinni qo'shimcha taymlargacha cho'zilishiga yordam berdi. Ekstra-taymlarda "qaymoqranglilar" yana 3ta gol urib, musobaqa g'olibligiga erishgan.

Keyinchalik, Ramos Madrid klubi bilan birga yana uch marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Himoyachi ketma-ket - 2015/16, 2016/17, 2017/18 yilgi mavsumlarda musobaqa oltin medallariga ega chiqdi. Kievda bo'lib o'tgan "Liverpul"ga qarshi 2017/18 yilgi Chempionlar Ligasining so'nggi hal qiluvchi uchrashuvi hali ham ko'pchilik muxlislar tomonidan tanqid qilinadi. O'sha jangda "qizillar"ning etakchisi Muhammad Saloh Ramosga qarshi kurashda jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi, keyin Serxio raqib darvozaboni Loris Kariusni tirsagi bilan urgan. Mazkur bahsda "Real Madrid" 3: 1 hisobida g'alaba qozongan.

E'tiborli tomoni shundaki, 2015 yilda Iker Kasilyas Madrid klubidan ketganidan keyin sardorlik bog'ichini olgan. Ramos ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan birinchi sardorga aylandi.

2021 yil fevral oyining boshlarida Ramos tizzasidan operatsiya qilindi, ammo Serxio hozirda maydonga qaytgan. Mart oyi o'rtalarida ispaniyalik futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida "Atalanta"ga qarshi uchrashuvda o'ynadi. Ushbu bahsda jamoasi bilan g'alaba qozonib, musobaqaning chorak finaliga yo'l oldi va Ramos o'sha uchrashuvda penaltidan gol urdi.

 

Tezkorlik va kuchli texnika Serxio Ramos hanuzgacha Madrid klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyasining asosi bo'lib, raqiblarini daxshatga solmoqda. Shu paytgacha himoyachi o'z o'yini bilan muxlislarni xursand qilmoqda.

U nafaqat ajoyib himoyachi, balki ajoyib to'purar ham. Uning iste'dodi jamoaga ko'plab g'alabalarni olib keldi va yoshiga qaramay, raqiblarini xafa qilishda davom etishiga shubha yo'q.

Bitta savol ochiq qolmoqda. Uning "Real" bilan shartnomasi yozda tugaydi va uni uzaytirish borasidagi vaziyat hali aniq emas. OAV "PSJ" va "Manchester Yunayted" klublari himoyachini faol ravishda o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilmoqda, ammo hozircha faqat futbolchi va klubning rasmiy qarorini kutish kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
2 Aprel 2021, 12:00
birinichi, sovrin, terma, jamoadagi, debyut, jahon, evropa, chempioni, serxio, ramosning, ajoyib, faoliyati, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads