Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xames Rodriges: "Atletiko"ga transferim uchun hammasi tayyor edi, ammo "Real" qo'yib yubormagandi, "Everton"ga esa Anchelotti bo'lmaganda o'tmasdim"

"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges yangi klubida hammasidan mamnun, ammo u Madridning "Atletiko" klubi sharafini himoya qilishi mumkin edi.

.
- Yuklab olish

"Men Madridda kam o'ynadim, ayniqsa ikkinchi marta. "Bavariya"dan ketgach, "Atletiko"ga transferim uchun hamma narsa tayyor edi, ammo "Real" meni qo'yib yubormadi.

Agar Karlo [Anchelotti] bo'lmaganida, "Everton"ga bormasdim, bu haqiqat. Jismoniy muammolar sabab menga osonmas, ammo men o'ynagan paytim, yaxshi ko'rinishimni bilaman. Men "Everton" yaxshi futbol o'ynashini xohlayman", - deydi Xames.

Eslatib o'tamiz, 2019 yilning 27 iyul sanasida "Atletiko" "Xalqaro CHempionlar Kubogida "Real"ni 7:3 hisobida yutgan va shundan so'ng Florentino Peres Xamesning "matraschilar" safiga o'tishini taqiqlab qo'ygandi.

29 yoshli futbolchi "Everton" safida 21ta o'yinda maydonga tuishb, 5ta gol va 8ta assist qayd etdi.

BestMaster
2 Aprel 2021, 10:30
xames, rodriges, atletikoga, transferim, uchun, hammasi, tayyor, ammo, real, qoyib, yubormagandi, evertonga, anchelotti, bolmaganda, otmasdim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads