Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos: «Muhim o'yinlarda jamoaga yordam bera olmasligim meni g'azablantiradi»

«Real» himoyachisi Serxio Ramos o'zining yangi jarohati haqida ma'lumot berdi.

.
- Yuklab olish

«Real» himoyachisi Serxio Ramos o'zining yangi jarohati haqida ma'lumot berdi. Ispaniyalik futbolchi ushbu jarohat sababli «Barselona» va «Liverpul»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

«Kechagi mashg'ulotda men chap oyog'imda og'riq his qildim. Bugun esa tibbiy ko'rikdan o'tdim. Mushagim jarohat olgani tasdiqlandi.

Muhim o'yinlarda jamoaga yordam bera olmasligim meni g'azablantiradi. Shuningdek, siz menga beradigan mehrni men maydon tashqarisida turib qaytara olmayman.

O'z fikrimni ochiq aytishim kerak. Ko'p ishlashda va chin qalbdan jamoaga muxlislik qilishda davom etaman», – dedi Ramos.

Ramos avvalroq joriy mavsumda tizzasidan olgan jarohat tufayli 2 oy davomida maydondan tashqarida qolgandi.

BestMaster
1 Aprel 2021, 22:30
ramos, «muhim, oyinlarda, jamoaga, yordam, bera, olmasligim, meni, gazablantiradi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads