Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

9 yil soyada. Yoxud nega endi Benzemani Madridda qadrlashmoqda

Madridda o'zini ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Benzema haqida

.
- Yuklab olish

2020/21 yilgi mavsum Madridning "Real" jamoasi uchun biroz qiyin kechdi. Xususan, jarohatlar, kuchsiz jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ochko yo'qotilishi kabi muammolar bilan o'ralashib qolishdi. Lekin, keyinchalik o'yinini yo'lga qo'yib olgan "qaymoqranglilar", yana avvalgi kabi La Liganing asosiy da'vogarlaridan biri hisoblanib turibdi. "Real"ning qutqaruvchisi esa yosh iste'dod egasi emas, balki ko'p tanqidlarga qoladigan - Benzema. Frantsiyalik futbolchi ketma-ket uchrashuvlarda gol urib, Qirollik klubini turnir jadvalida kuchli uchlikda turishiga yordam berib kelmoqda. Lekin yana bir narsani ta'kidlashimiz kerakki, ushbu mavsum avvalida, ko'pchilik mutaxasislar va muxlislar Benzemani "Real"ning birinchi raqamli futbolchilari qatoriga qo'shmagan edi.

"Real Madrid" murabbiyi Zinedin Zidandan "keyingi yil "qaymoqranglilar" hujumida kim o'ynaydi", degan savolga, "Bu Benzema bo'ladi" - deya qisqa javob berdi. Frantsuz mutaxasisi na Holand, Na Mbappe, Na Ronalduning ismini tilga oldi.

Bu ajablanadigan tomoni yo'q. Portugaliyalik 7-raqam egasi, Madrid klubidan ketgandan so'ng, aynan Karim jamoani oldinga tortib yurdi. Yaqinda chiqqan xabarlarga ko'ra, Ronaldu "Yuventus"dan ketishi va yana "Santyago Bernabeu" qahramoniga aylanishga tayyor, ammo ... nega? Benzema allaqachon bu vazifani uddaladi-ku.

Siz ham juda ko'p pul evaziga, omadsiz futbolchilar bilan shartnoma imzolagan "Barselona"ning holati haqida bilsangiz kerak. Ammo "Real" ham Ronalduni sotishdan tushgan 87 milliondan shu kabi foydalanganmi?! Unda Ronaldu ketgandan so'ng, "qaymoqranglilar" 400 million evroni qanday sarfladi? Eden Azar nega shifoxonadan kasalxonadan kelmay qoldi. Birgalikda frantsuz futbolchisicha gol urgan Beyl, Asensio, Vaskes, Dias, Rodrigo, Yovich, Edegor va Iskolarni ham eslaysiz. Faqatgina uelslik futbolchi Ronaldusiz yillarda, hujumchilar orasida bir mavsum ichida oltidan ko'p gol urgan futbolchi.

Ammo bu davrlarda Benzema 78 ta gol urdi va hech qanday qiyinchiliksiz 2019 va 2020 yillarda "Real"ning eng yaxshi to'purariga aylandi. Agar Serxio Ramos penaltini tepmaganida edi, bu ko'rsatkich yanada yuqori bo'lar edi!

Klubni Ronalduni tark etganidan so'ng, frantsuz futbolchisining statistikasi yanada yaxshilandi.  Qolaversa  Karim ham tez-tez sheriklariga muhim paslarni berib turdi. Ronaldu va Benzema birgalikda o'tgan so'nggi mavsumda, 56 gol urishgan edi. Shularni, 12tasini uchun Karimga 49 uchrashuv kerak bo'lgan bo'lsa, Roanldu 44 uchrashuvda 44 gol urishga erishga edi.

Benzema to'qqiz yilni "Real" safida ikkinchi raqamli futbolchi sifatida o'tkazgan edi. Ammo, bu holat uni La Liga tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 13-o'rinni egallab olishiga to'sqinlik qilmadi. Shuningdek, frantsuz 70 gol bilan Chempionlar Ligasida beshinchi o'rinda bormoqda.

Agar Karim shu yillar davomida chetda o'ynamaganida, uning gollari soni qancha bo'lganini taxmin qilish mumkin.

Benzema o'tgan mavsumda "Real"ga pandemiya sabab bo'lgan tanaffusdan so'ng, 11 o'yinda 7 ta gol urib, chempionlik unvonini nishonlashda yordam berdi. Ramos ikkinchi eng yaxshi to'purarga aylandi.

2020/21 yilgi mavsumda 33 yoshli hujumchi shu yo'nalishda davom etib, 24 o'yinda 17 ta gol urishni uddaladi. Bu har qanday jamoadoshinikidan ko'p.
Agar, ikki haftalar oldin "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda, hamshaharlarini ham mag'lub etganda, chempionlikning 1-raqamli da'vogariga aylangan bo'lardi. Ushbu uchrashuvda, "Real"ning asosiy tarkibining deyarli hammasida jarohat bor edi. Ammo, 10-aprel kuni bo'ladigan "El-klassiko"da madridliklar g'alaba qozonishni uddalashsa, ikkinchi o'ringa chiqib olishni uddalashadi. Ammo, hozir Benzema nima bo'lishidan qat'iy nazar oldinga intilmoqda. U mas'uliyatdan qo'rqmaydi, ikkinchi qavatda har doim xavfli bo'lib, kamdan-kam daqiqalarni behuda o'tkazadi. Yaqinda u "Vanda Metropolitano"da kechgan derbida qilgan harakatlarini eslang! Tashqi ko'rinishidan hech qanday tajavuzkorga o'xshamagan hujumchi, qandaydir tarzda "Atletiko"ning 10 futbolchisidan o'tib ketishga muvaffaq bo'ldi! Tassavur qildingiz-a. Gap Evropaning himoya jihatdan eng kuchli jamoasiga qarshi uchrashuvda, shunday harakat qilmoqda.

Bir hafta o'tgach, Karim Elchega qarshi uchrashuvda ikki marta gol urishga erishdi. Birinchisini - bosh bilan, keyin esa - haqiqiy snayperlar kabi. Ta'riflashga til ojiz.

Har doimgidek (xuddi shu narsa Ronaldu bilan bo'lgani kabi), Benzema mavsumning eng muhim pallasida o'zini ko'rsatishni boshladi. U "Real Madrid" ning so'nggi beshta o'yinining har birida gol urgan va uch haftalik jarohatdan so'ng yana uchta gol urishga erishganini ham aytib o'tishimiz zarur.

"Real Madrid"da qanday qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlar bo'lishiga qaramay, Karim Benzema hamon Madridda qolmoqda. Garchi, oldin jamoaning haqiqiy lideri bo'lmagan bo'lsa-da, hozir unga nisbatan bu so'zni ishlata olmaymiz.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
31 Mart 2021, 10:00
soyada, yoxud, nega, endi, benzemani, madridda, qadrlashmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads