Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Muhammad Saloh «Real» tarixidagi eng yaxshi o'yinchi, Ramosga nisbatan adovat va «Liverpul»dagi kelajagi haqida gapirdi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi chorak finalidagi bo'lajak raqib «Real» haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi chorak finalidagi bo'lajak raqib «Real» haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Krishtianu Ronaldusiz «Real» haqida

«Real» endi umuman boshqa jamoa. Jamoa bir nechta kuchli futbolchilarni yo'qotdi, shu navbatda Krishtianu Ronaldu — ko'plab gollar urgan, klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchini ham. Ular Azarni o'z safiga qo'shib oldi, biroq jarohatlar bois uning omadi yurishmayapti. Nima bo'lgan taqdirda ham jamoa chorak final ishtirokchisi, garchi, ular Ronalduning gollaridan mahrum bo'lgan bo'lsa-da, ajoyib futbolchilarga ega jamoa. Qaysi «Real» yaxshiroq ekanini ayta olmayman. Shu ayta olaman: ular chorak finalga tayyor.

Serxio Ramos va «Real»ga nisbatan adovat borasida

Shunday deya qolamiz: menda g'alaba qozonish va yarim finalga chiqish istagi yuqori. Nima bo'lishidan qat'i nazar bu Kievdagi final natijasini o'zgartira olmaydi. U o'yin endi ortda qoldi. Ramos? O'yin allaqachon tugagan, men bu haqida o'ylamayapman. Barcha singari faqat jamoa haqida o'ylayapman. Bori shu.

«Liverpul»dagi kelajagi haqida

Bu menga bog'liq emas. Nima bo'lishini ko'ramiz, biroq hozir bu haqda gapirishni istamayman. Klopp bilan munosabatlar? Bu ikki professional o'rtasidagi odatiy munosabat. Buni shunday sharhlagan bo'lardim.

Yana uzoq yillar o'ynashga harakat qilaman. Nimaga endi yo'q? Kelajakda nimalar bo'lishini hech kim bilmaydi, shunday ekan... Balki, bir kun kelib Ispaniyada o'ynarman.

Eslatib o'tamiz, «Real» va «Liverpul» o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 6 aprel kuni Madridda bo'lib o'tsa, javob bahsi 14 aprelga rejalashtirilgan.

Misrlik futbolchi 2020/21 yilgi mavsum «Liverpul» safida 40 ta o'yin o'tkazib, 25 gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

BestMaster
31 Mart 2021, 00:00
muhammad, saloh, «real», tarixidagi, yaxshi, oyinchi, ramosga, nisbatan, adovat, «liverpul»dagi, kelajagi, haqida, gapirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads