Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan Serxio Ramos haqida 25ta fakt

Ramos o'tmish, bugun va kelajak futbolchisi.

.
- Yuklab olish

Serxio Ramosning tarjimai holi


1. Serxio Ramos Garsiya 1986 yil 30 martda Ispaniyada tug'ilgan.

2. Bo'lajak futbol yulduzining otasi menejment bilan shug'ullangan, onasi esa uy ishlari bilan shug'ullangan. Bu oilada Serxiodan tashqari, yana ikkita farzandni tarbiyalagan.

3. Sportchining bo'yi 183 santimetrga teng.

 

Serxio Ramosning faoliyati

4. Ramos o'n besh yoshida "Sevilya" akademiyasiga keldi. U erda o'zini har tomonlama namoyish etgan futbolchi, tez orada klubning yoshlar jamoasida o'ynashni boshladi.

5. 2003/04 yilgi mavsumda Ramos "Sevilya"ning asosiy tarkibida o'ynashni boshladi va o'sha mavsumning o'zida 25 marta maydonga tushdi. Serxio 2004/05 yilgi mavsum oxiriga kelib, chempionatning eng yaxshi yangi futbolchisi deb tan olindi.

6. 2004 yilda Serxio boshchiligidagi Ispaniya yoshlar terma jamoasi Evropa chempionatida g'alaba qozondi. Ushbu musobaqada ko'rsatgan ajoyib o'yinlariidan so'ng, asosiy terma jamoaga ham chaqiruv olishni boshladi. Ramos o'n sakkiz yoshida ilk marta "qizil furiya" tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Hozirgacha milliy jamoasi tarkibida o'ynayotgan futbolchi, Ispaniya termasining sardori hisoblanadi.

7. 2005 yilning yozida, "Sevilya" jamoasi Ramosni "Real Madrid" 27 million evro evaziga sotib oldi. O'sha paytda "El-kapitano"ni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lgan jamoalar talaygina edi, lekin Madrid jamoasi ushbu xaridni amalga oshirishda, qolganlariga qaraganda ilg'orroq harakat qildi. Serxioning o'zi aytganidek, transfer oynasi yopilishidan yarim soat oldin shartnoma imzolagan.

8. 2006 yilgi Jahon chempionatidan so'ng futbolchi "Real Madrid" bilan birgalikda Ispaniya chempioniga aylanib, faoliyatidagi birinchi yirik sovrinni yutdi. Qolaversa, 2008 va 2012 - yilgi Evropa chempionatida, shuningdek 2010 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya termasi bilan bosh sovringa ega chiqqan.

9. Ramos 2012 yilda milliy chempionatdagi yubiley 250 uchrashuvini o'tkazdi. Bu esa Ramosni Madrid klubining haqiqiy taniqli shaxsiga aylantirdi.

10. Ikki yildan so'ng, Ramos Chempionlar Ligasi final o'yinida jamoasini qutqardi. "Atletiko"ga qarshi o'yinning 93 daqiqasida, bosh bilan zarba yo'llab, hisobni tenglashtirgan. Keyinchalik, ekstra-taymlarda "Real" yana 3 marta hamshaharlarining darvozasini ishg'ol qilib, "shalpangquloq" kubokni qo'lga kiritgan.

11. 2015 yil yozida Ramosning "Real" bilan shartnoma o'z nihoyasiga etdi, ammo u boshqa klublarining ko'plab foydali takliflarini rad etdi va Madrid klubi bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi, yangi shartnomada uning yillik maoshi 10 million evroni tashkil qiladi.

Serxio Ramosning shaxsiy hayoti

12. Futbolchi ko'plab top-modellar bilan uchrashdi, lekin Ramos doimo ushbu qizlar faqat tashqi qiyofasi bilan o'ziga jalb qilganini aytdi. Lara Alvares bilan bo'lgan birinchi jiddiy romantikasi. Ular "Alma Foundation" fondi paytida uchrashishgan. Qorasoch qiz taniqli sportchi o'zi bilan tanishishga qaror qilganini bildi va undan klub formasini esdalik sifatida sovg'a qilishni so'radi. Ularning sevgisi tez rivojlandi, shuning uchun Ramos modelga turmush qurishni taklif qildi. Ammo, shundan keyin ularning orasida kelishmovchiliklar boshlandi va tez orada ajralib ketishdi.

13. 2012 yildan beri Ramos o'zidan 8 yosh katta Pilar Rubio bilan yashab keladi. 2013 yil oxirida bu juftlik farzand kutayotganlarini e'lon qilishdi. 2014 yilning bahorida ular o'g'il ko'rdilar, bir yarim yildan keyin esa ikkinchi marta farzandli bo'lganini aytishdi. Bundan tashqari, er-xotin hali ham norasmiy nikohda yashayotgani qiziq. Hozir 40 yoshda bo'lgan, Pilarning ta'kidlashicha, to'y haqida o'ylashga vaqtlari yo'q, chunki Serxio doimiy ravishda mashg'ulotlarda bo'lib, to'y qilish uchun hali etarli erta.

 

Boshqa qiziqarli ma'lumotlar

14. Ko'pgina zamonaviy futbol yulduzlaridan farqli o'laroq, Ramos ushbu sport turi bilan juda kech - 14 yoshidan shug'ullana boshladi.

15. Ramos soch uslubini o'zgartirishni yoqtiradi. Himoyachi deyarli har yili soch turmagini o'zgartiradi.

16. Serxio turli pozitsiyalarda ham yaxshi o'ynaydi. Himoya, yarim himoya ba'zida hujumchi vazifasini ham bajarib turadi. Ramos ajoyib o'yin texnikasiga ega va o'yinni yaxshi o'qiydi, yuzaga kelgan vaziyatlardan ajoyib tarzda foydalanadi.

17. "Real"ning hech qaysi futbolchisi Ramosdan ko'proq qizil kartochka olmagan. Umuman olganda, ispaniyalik futbolchi yigirma 23 marta maydondan chetlatilgan.

18. Futbolchining tanasida ko'plab tatuirovkalar mavjud. Masalan, sportchining qo'lida "Unutmayman" deb yozilgan, shuningdek, uning eng yaqin qarindoshlarining bosh harflari yozilgan. Uning tanasida to'rtinchi raqam shaklida tatuirovka ham bor. Bu raqam uning klubi bilan o'yin paytida uning orqasidan ko'rinadi. Uning tanasida omadli deb hisoblagan rimcha etti raqami ham tasvirlangan. Uning qo'lida tepada aniq chiziqlar va bezaklardan iborat xoch bor. Sportchining orqa tomonidagi rasm ham qiziqarli. Ushbu rasmda to'pni qo'lida ushlab turgan hayvonlar tasvirlangan. Ushbu tatuirovkaning aniq ma'nosi noma'lum.

19. Internet nashrlaridan biri, futbolchining soch turmagida navbatdagi o'zgarishidan so'ng, Ramosni Iosif Stalin bilan ajoyib o'xshashligini qayd etdi.

20. U maktabni tugatganidan 10 yil o'tgach, o'rta ma'lumot to'g'risida guvohnoma olish uchun yakuniy sinovlardan o'tdi. Qizig'i shundaki, bo'lajak Evropa va Jahon chempioni "Sevilya" klubi bilan shartnoma imzolagandan so'ng maktabga borishni to'xtatdi. U shunchaki maktabga borishga vaqt topolmadi. Sportchi asta-sekin kerakli imtihonlarni topshirdi va 2014 yil boshida nihoyat maktabni rasmiy tugatish uchun so'nggi sinovlardan o'tdi, bu yigirma sakkiz yoshda sodir bo'ldi.

21. "Barselona" futbolchisi Jerar Pike vaqti-vaqti bilan internetda "Real Madrid" futbolchilari to'g'risida postlar qo'yib turadi va Ramos ularga javob berish imkoniyatini boy bermaydi, ammo uning o'zi bu ikki futbolchi o'rtasidagi munosabatlar har doim yaxshi bo'lib kelgan, shuningdek Ramosning so'zlariga ko'ra, futbolchilar o'rtasidagi do'stlik mustahkamlanib bormoqda.

22. 2017 yilning yozida, UEFA Chempionlar Ligasining yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

23. Ramos Rossiyadagi Jahon chempionatidan keyin, Ispaniya terma jamoasi safida o'ynashda davom etishini aytib o'tgan. Yaqinda JCh saralashi doirasida, Gretsiyaga qarshi uchrashuvda, himoyachi "qizil furiya" tarkibidagi 179 uchrashuv o'tkazdi.

24. Ramos - ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi va bo'lajak futbol musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko'ryotganiga qaramay, mashg'ulotlardan yangi fotosuratlar va videolar bilan muxlislarni doimo quvontiradi. 

25. Ramos juda ko'p mashhur futbolchilar bilan birga to'p tepgan va o'ynamoqda. Ular: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Marselo, Isko, Toni Kross, Rafael Varan, Raul, Zinedin Zidan, Bekxem, Roberto Karlos, Iker Kasilyas va boshqalar.

 

 

Mahmudov Jamshidjon tayyorladi.

BestMaster
30 Mart 2021, 12:00
bugun, tugilgan, kunini, nishonlayotgan, serxio, ramos, haqida, 25ta, fakt,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads