Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Bir futbolchi tarixi”. “Netflix” u haqida hujjatli film suratga olgan” – Karim Benzema haqida

“Qaymoqranglilar”, “qirollik klubi” deyilganida ko'z oldingizga logotipida toji bor, oq forma kiyib maydonga tushadigan jamoa kelsa, qulog'ingiz ostiga “Real Madrid” degan so'z kelishiga ishonaman.

.
- Yuklab olish

Katta tarixga ega jamoalarning deyarli barchasida katta futbolchilar o'ynab ketgan. Ular katta-katta sovrinlar yutishga odatlanib qolgan. Muxlislari ham ulardan shuni talab qiladi. Bu kabi jamoalarga yangi kelib qo'shilgan futbolchi kuchli bosimga duch keladi. SHunga chidab va o'z o'yinini bemalol ko'rsata olsa – marra uniki. Biroq suv hamisha ham tiniq oqavermagani kabi, futbolchining faoliyatida ham tushish nuqtalari bo'ladi. Muxlislarning hammasi ham bunga ko'nikavermaydi, biroq futbolchi chidashi kerak. Yana shunday toifa futbolchilar bo'ladiki, ular katta jamoalarda o'ynab turib, ko'rinmas, ammo katta ishlarni bajarishadi. “CHelsi”da Ngolo Kante (bu futbolchi haqida yozganmiz) va boshqa futbolchilar ham bor. “Real Madrid”da hujum chizig'idagi futbolchi – Karim Benzema ham vaqt o'tgani sayin shunday vazifa egasiga aylandi. Muxlislar, futbol ekspertlari har qancha gapirishmasin, klub bu bilan fikrini o'zgartirmadi va yaxshi natijalarga erishdi. Zinedin Zidan o'z intervyularidan birida “Benzema gol urmagani havotirga solmaydi. Albatta, u darvozani ishg'ol qilishni istaydi. U jamoadoshlari uchun ko'p foydali ish qilmoqda. Ko'nglim to'ldi”, - degan edi. Gapni “Real Madrid”dan boshlab, Benzemadan yakunladim – demak, gap futbolchi haqida. Bugun franciyalik hujumchi haqida so'z yuritamiz. 

Karim Benzema – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1987 yilning 19 dekabr kuni Franciyaning Lion shahrida Jazoir millatiga mansub francuzlar oilasida tug'ilgan. 

Klublardagi faoliyati haqida

U dastlabki futbol sir-asrorlari “Bron Terrayon” jamoasida o'rgana boshlagan. O'sha erda u “Lion”ning yoshlar jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etdi hamda ikkita gol urdi. SHundan so'ng shaharning bosh jamoasi etiboriga tushdi. Malumotlarga ko'ra, o'sha vaqtda “Lion” rahbarlari “Bron Terrayon” jamoasi prezidentiga taklif berishgan, biroq u rozi bo'lmagan, so'ng “Lion” rahbariyati Benzemaning otasi bilan gaplashib olgach, futbolchiga jamoada sinovdan o'tishga ruxsat berilgan. Futbolchi “Lion”ning ikkinchi jamoasida 17 yoshida to'purar bo'lib, eng yaxshi o'yinchiga aylana oldi. 2004 yilning dekabrda “Lion”ning asosiy tarkibiga kira oldi. 2005 yilning 15 yanvar kunida esa futbolchi o'zining Franciya chempionatidagi debyutini nishonladi. 2005/06 yilgi mavsumda Benzema Franciya chempionatidagi birinchi golni urdi. O'sha mavsumda futbolchi 13 ta o'yinda, 1 ta gol urgan. CHempionlar ligasida esa guruh bosqichida “Rusenborg”ga qarshi uchrashuvda gol urib, Xalqaro maydonlardagi gollariga start oldi.

2006/07 yilgi mavsumda esa Benzema “Lion”ning asosiy hujumchisiga aylandi. Ushbu mavsumda futbolchi 21 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Keyingi mavsumda esa 20 ta gol urib, eng yaxshi to'purar bo'la oldi. 2008/09 yilgi mavsumda u chinakam etakchiga aylandi. Fransiya chempionatida 36 o'yinda, 17 gol urdi. Ushbu mavsum Liondagi oxirgisi edi. “Lion” safida futbolchi 149 o'yinda maydonga tushib, 66 ta gol urdi. 

2009 yilning 1 iyul kuni Benzema 35 million evri evaziga Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasiga ko'chib o'tdi va 6 yillik shartnomaga imzo chekdi. O'sha mavsumda “qirollik klubi”, shuningdek, Krishtianu Ronaldu, Kaka, Raul Albiol kabi transferlarni ham amalga oshirdi. U jamoadagi 11-francuz futbolchisiga aylandi.

Benzema “Real Madrid”dagi debyut o'yinini “Deportivo”ga qarshi o'tkazdi. Jamoa tarkibidagi ilk golini esa “Xeres” jamoasi bilan bo'lgan bahsda urdi. 2009/10 yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi. Futbolchi jamoaga kelgan ilk yillarida klubning asosiy futbolchisi bo'lmagan. Asosan Gonsalo Iguainning o'rniga maydonga tushar edi. 2010 yilning 8 dekabr kuni futoblchi “Oser”ga qarshi ECHL o'yinida xet-trik qayd etdi. 2010/11 yilgi mavsumda u 48 o'yinda 26 ta gol urdi.

2013/14 yilgi mavsumda “Real Madrid” hujum chizig'ida ajoyib trio paydo bo'ldi. “BBC triosi”ni barcha yaxshi biladi (Benzema, Beyl, Krishtianu). O'sha mavsum so'nggida jamoa 12 yildan so'ng yana ECHL chempioni bo'ldi. Aynan ushbu trio yordamida keyingi yillarda ham, jumladan, 2016, 2017 va 2018 yillarda “Real Madrid” Evropada tengsiz bo'ldi. 

2020 yil fevral oyida Benzema “Real Madrid” bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi. 1 mart kuni fransuz "Real Madrid" safidagi o'zining 500-o'yinida maydonga tushib, klub tarixidagi ushbu natijaga erishgan o'n to'rtinchi futbolchiga aylandi.

 

Terma jamoadagi faoliyati haqida

2004 yilda Benzema 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Franciya termasi bilan birgalikda ishtirok etdi va g'olib chiqdi. Franciya milliy terma jamoasi bilan u JCH-2014, Evro-2008 va 2012 musobaqalarida ishtirok etdi. 

2015 yilda futbolchi vatandoshi Matyo Valbuena bilan mojaro yuzaga keldi. SHundan so'ng u terma jamoadan chetlatildi va boshqa chaqirilmadi. 2018 yilda Franciya futbol federaciyasi prezidenti Benzemani terma jamoaga hech qachon chaqirilmasligini elon qildi. 

SHaxsiy hayoti

Benzemaning ayoli Kora Gote. Juftlikning 2 nafar farzandi bor. 2014 yilning 3 fevral kuni qiz farzand dunyoga keldi va unga Melia deb ism qo'yishdi. 2017 yilning 5 may kuni esa oilaga “yangi mehmon” keldi. Bolakayga Ibrohim deb ism qo'yishdi. 

View this post on Instagram

A post shared by Karim Benzema (@karimbenzema)

View this post on Instagram

A post shared by Karim Benzema (@karimbenzema)

Netflix”dan film

“Netflix” kompaniyasi “Real” hujumchisi Karim Benzema haqida hujjatli film suratga olgan. Filmda futbolchining Franciya terma jamoasidan chetlatilishiga katta etibor qaratilgan. Suratga olishda Krishtianu Ronaldu, Karlo Anchelotti va Zinedin Zidan, shuningdek, “Real” prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etishgan.

Og'abek Samisov tayyorladi

BestMaster
29 Mart 2021, 14:30
“bir, futbolchi, tarixi”, “netflix”, haqida, hujjatli, film, suratga, olgan”, karim, benzema, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads